«Rasm» metodikasi Tadqiqotni o‘tkazish uchun qog‘oz va flomaster (kamida 6 xil rangda) kerak bo‘ladi. Bolaga ana shulardan foydalanib, biror-bir rasmni o‘ylab, chizish topshirig‘i beriladi. Buning uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi.
Tadqiqot natijalari tahlili quyidagi jadval yordamida amalga oshiriladi.
15-jadval
Rivojlanish darajasi haqida xulosalar 10 - ball – juda yuqori
8-9 ball – yuqori
4-7 ball – o‘rtacha
2-3 – quyi
ball – juda past
«Haykaltaroshlik» metodikasi Bolaga 5 daqiqa davomida plastilindan biror -bir narsa o‘ylab topib, yasash topshirig‘i beriladi.
Bola fantaziyasi, topshiriqni bajarishdagi qobiliyati quyidagi ball - mezoni bo‘yicha baholanadi.
ball — 5 daqiqa mobaynida bola hech narsa o‘ylab topib yasay olmasa;
2-3 ball – agar bola shu vaqt ichida biror oddiyroq narsalarni, masalan: kubik, aylanalarni yasasa;
4-5 ball – agar bola faqat 3-4 qismdan iborat narsa yasasa;
5-7 ball – boy fantaziyasi bilan ajralib turadigan,g‘ayrioddiy narsa yasasa;
8-9 ball – bola original narsani o‘ylagan, lekin yasalishida kamchiliklari bo‘lsa;
10 ball – agar o‘ylab topilgan narsa original va puxta, estetik did bilan yasalgan bo‘lsa.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa 10 ball – bola maktab ta'limiga tayyor.
8-9 ball – maktab ta'limiga tayyor desa bo‘ladi.
6-7 ball – maktabga tayyorgarligi o‘rtacha
4-5 ball – bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi etarli emas.
3 balldan past - bola maktab ta'limiga umuman tayyor emas.
Shunday qilib, ushbu mavzuda bilish jarayonlaridan, diqqat, xotira va tafakkur psixodiagnostikasi haqida ma`lumotlarga ega bo’ldik.