Amaliyot hisoboti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə11/11
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#185825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amaliyot hisoboti (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va dunyoning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotlari bilan bellasha oladigan iqtisodiy tizimni shakllantirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Bu o’z navbatida korxonalar faoliyatini to’g’ri tashkil etish va ularning iqtisodiy naf bilan ishlashini ta’minlash bo’yicha qarorlar qabul qilish bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur qarorlar esa korxonaning hisobot ma’lumotlarini tahlili nattijalariga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, hozirgi milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlash vazifasi birlamchi prioritetga ega bo’lib turgan paytda korxonaning moliyaviy qaram bo’lib qolishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bu holat erkin raqobat sharoitida yanada muhimdir. SHu tufayli korxona raxbarlari korxonani moliyaviy qaramlikdan saqlash orqali uning barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rishi maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bu bir yoqlama yoki mavsumiy ish emas. Buni yuqorida ham ta’kidlagan edik. U uzlkusiz amalga oshirilishi lozim bo’lgan keng qamrovli, ko’p qirrali iqtisodiy faoliyatdir. SHu sababli doimiy moliyaviy barqarorlikka erishishni ta’minlash maqsadida tahlil jarayonini tashkil etish bo’yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
- moliyaviy hisobotlarning tahliliy jihatlariga e’tibor berish;
- korxona xo’jalik faoliyati mukammal tahlil qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan kengroq foydalanish;
- korxonalarda moliyaviy va boshqaruv bilan bog’liq qarorlar qabul qilish uchun alohida shaxslardan tashkil topgan bo’limni shakllantirish;
- tahlil ishlarini muntazam tashkil etilishini ta’minlash.
Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy omillaridan bir bu ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo’nalishlaridan yana biri bu fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan samarali va oqilona foydalanishdir. Fan-texnika taraqqiyoti unumdorligi yukori bo’lgan mashina, dastgoh va yangi texnologiya vositalaridan foydalanish ,uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun imkoniyat yaratadi. Xarajatlarni pasaytirish va foydani maksimallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirishdir.Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yuqotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida, mexnat unumdorligini oshishiga olib keladi.Xozirda asosiy ishlab chiqarish vositalari eskirib qolgan korxonalarda yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy etish xodimlar malakasini oshirish va ish vaqtidan samarali foydalanish orqali ko’proq foydaga erishish mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida korxonaning moliyaviy resurslarini tejalishi va barqarorlik ko’rsatkichlarining ortishini ta’minlaydi.
Korxonalarning raxbarlari, etakchi mutaxassislari bularni biznes -rejalar tuzish va moliyaviy koeffitsientlarni tahlil qilish chog’ida hisobga olishlari kerak. Foydaning shakllanishiga asosan ikki omil ichki va tashqi omillar ta’sir ko’rsatadi. Tashqi omillar umumiy iqtisodiy holat, inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Foydaning ichki omillari va shakllanish manbalari quyidagilardan iborat:
1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar;
2. Innovatsiyalarni tatbiq etish;
3. Tavakkalchilikni boshqarish.
Hozirgi kunda korxonalar moliyaviy barqarorligini tahlil qilish bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektda moliyaviy va boshqaruv tahlilini joriy etish ishlari izchil amalga oshirilib, halqaro talablar darajasiga yaqinlashtirilmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ham amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori darajada baholanib, lekin bu boradagi ishlarni tashkil etishda quyidagi muammolarni hal qilish zarur:
- tegishi bilimga ega va malakali mutaxassislarni jalb qilish;
- korxonaning moliyaviy natijalari tahlil qilib borilishini va uning natijalari bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish;
- korxonaning moliyaviy bozordagi o’rnini mustahkamlash, moliya bozoridagi ishtirokini ta’minlash;
- korxona xo’jalik faoliyati mukammal tahlil qilish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash;
- korxonada moliyaviy va boshqaruv bilan bog’liq qarorlar qabul qilish uchun alohida shaxslardan tashkil topgan bo’limni shakllantirish;
Yakuniy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi muammolarni to’laligicha hal etilishi, moliyaviy barqarorligi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’la taqdim etilishi, investorlar hamda manfaatdor tomonilar tarafidan to’g’ri boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi, pirovardida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirilishi, unga qo’shimcha mablag’larni jalb etish orqali uning ishlab chiqarish faoliyatini samaradorligi oshirgani holda maxsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko’rsatish hajmining kengayishi milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Abdukarimov I.T.va boshq. Korxona iqtisodiyoti (Darslik) T.: Fan, 2015 y.

  2. Akromov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati ta’lili T.: Moliya 2012 y.

  3. Vaxobov A.V. va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili T.: 2005

  4. Pardaev M.Q.va boshq. Boshqaruv tahlili T.: Iqtisodiyot va xuquq dunyosi,

  5. Savitskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatii. Uchebnik. – M.: I.’. Finans. 2005.

  6. Ortiqov X.A va boshqalar. Buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. T.: “Norma”

  7. Do’stmurodov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. T.: “Yangiyul polygraph sevice”.

  8. Xolbekov R.O. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik T.: “TDIU”. 212 b.

  9. Ortiqov X.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. – T.: “Norma”, 2010 y.-368 b.

Internet saytlari:

  1. www.lex.uz

  2. www.biznes-daily.uz

  3. www.iqtisodiyot.uz



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin