Amerika Qoʻshma Shtatlari


Amerika Qoʻshma Shtatlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/4
tarix30.07.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#138011
1   2   3   4
Amerika Qoʻshma Shtatlari

Amerika Qoʻshma Shtatlari

  • XIX asr mobaynida hozirgi KaliforniyaArizonaNyu-Meksiko va Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. XIX asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratlar partiyasi bilan Respublikachilar partiyasi galma-gal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861—65-yillarda fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident Abraham Lincoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; XIX asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914—18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929—33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yilda 17 million ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari

  • Inqiroz sharoitida Franklin D. Roosevelt (1933—45-yillarda AQSh prezidenti) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning Pearl Harbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va Adolf Hitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6-iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda Harry S. Truman (1945-53-yillarda AQSh prezidenti) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki] shaharlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950—53-yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956—75-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan AQSh — BMT, shuningdek, Amerika davlatlari tashkilotiNATO aʼzosi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin