Amir Temur – buyuk davlat arbobi va etuk sarkarda



Yüklə 31,57 Kb.
səhifə3/6
tarix26.11.2022
ölçüsü31,57 Kb.
#70667
1   2   3   4   5   6
Amir Temur – buyuk davlat arbobi va etuk sarkarda

Pontonchilar deb nomlanga doim qo‘l ostida turishi lozim bo‘lgan vositalarni tayyorlash, ko‘priklar qurish, kemalar yasash, va boshqa ishlar uchun maxsus ustalar bo‘lgan.

  • Naftandozlar grek- yunon olovini otuvchilar.

  • Jangda foydalaniladigan, qo‘l ostidagi jangovor vositalar va hayvonlarni ( otlar, tuyalar, fillarni) boshqarish otryadi.

  • Tog‘larda harbiy xarakatlarni olib borirish uchun daralardan o‘ta oladigan va baland qoyalarni shturum qila oladigan maxsus piyoda bo‘linmalar.

    Bir so‘z bilan aytganda Amir Temur har qanday hollarda ham jang qilishga tayyor armiya tashkil etgan.
    Amir Temur jang boshlashdan oldin “tunqal” (turli viloyat va tumanlardan qo‘shin to‘plash ) e’lon qilgan. Bu xabar “tavachi” (xabar etkazuvchi) tomonidan amalga oshirilgan. Tavachini zimmasiga yana askarni jamlashdan tashqari, bir joydan ikkinchi joyga qo‘shinni ko‘chirishni ham ta’minlagan. SHaxar va tumandan yig‘iladigan askarlar belgilab qo‘yilgan “miodga”(jang maydon) etib kelishlari shart bo‘lgan.
    Miodga etib kelgan askarlar tartib bilan o‘z joylariga shovqun suronsiz joylashishgan. Askarlar bilan qo‘shimcha qasoblar, nonvoylar va ko‘chirib olib yuruvchi hammomlar ham yurgan.
    Tuzulishiga ko‘ra Amir Temur armiyasi
    1 Dahalarga- o‘nliklarga; 2 Sadlarga- yuzliklarga; 3 Hazora- mingliklarga;
    4 Tumanlarga- o‘n mingliklarga; 5 Nohiya- okruglarga bo‘lingan.
    Ularni o‘nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar boshqargan.
    Agar dushman qo‘shini 12 mingdan oshmasa Amir Temur ularga qarshi o‘nliklar, yuzliklar va mingliklarga ega bo‘lgan 12 mingdan kam bo‘lmagan askarlarni janga yuborgan. Bu askarlarga boshchilik qilayotgan amir (amir ul-umaro) dushman turgan erga yaqin qolganida Amir Temurga xabar bergan va Amir Temur buyurgan. Ular 9 qismga bo‘lingan holda jang qilishi lozim bo‘lgan. Ular dushman bilan yuzma–yuz kelganda oddiy askar oddiy askarbilan jang qilgan. Hech qachon oddiy askar amirlarni yoki podishoxni o‘ldirishi mumkin bo‘lmagan. Tajribaga ega bo‘lgan moxr sarkarda jangdan oldin maydonni yaxshilab o‘rganishi, dushmannning qaysi tomonlari zaif ekanligini bilishi lozim edi.
    Amir Temurning aytishicha dushman xujum qilishi yoki chekinmoqchi ekanligini, xujumni takrorlamoqchiligini kuzatish va tezda uqib olish katta san’at hisoblanardi. Uning aytishicha jang paytida sarkarda o‘zini yo‘qotmasligi kerak. Kurashchi o‘z tanasi qismlaridan – qo‘llari, oyoqlari, boshi va shu kabilardan qurol sifatida qanday foydalansa, sarkarda ham o‘z jangchilarining lozim bo‘lganda kamon, oybolta, gurzi va qilichni shunday o‘z o‘rnida ishlatishlarini kuzatib va boshqarib turishi lozim edi.... Jang xrovullar tomonida kamon va nayzalar otish bilan boshlanardi.
    Amir Temurnig jangovor taktikasiga ko‘ra dushman 12 mingdan ko‘p, 40 mingdan kam bo‘lsa ularga qarshi, Amir Temur 40 mingdan kam bo‘lmagan qo‘shin jo‘natgan. Lashkarboshi sifatida o‘z o‘g‘illaridan birini tayinlab, uning yoniga ikkita tajribali amirni qo‘shib jo‘natgan. Bunda qo‘shinlarning jangovor tartibi 14 qismdan iborat bo‘lgan. Har qanday holda ham bosh bayroq xech qachon ko‘zdan yo‘qolmas edi.
    Agar dushman qo‘shini 40 mingdan ortiq bo‘lsa janga Amir Temurning o‘zi kirgan. Bu qo‘shin jangga kirish uchun quydagi tartibda bo‘lingan. 40 ta harbiy qism bevosita Amir Temurning qo‘mondonligi ostida bo‘lgan. Ulardan 12 tasi saralangan qism birinchi qatorga saflangan, qolgan 28 ta qism ikkinchi va uchunchi qatorga joylashgan. Amir Temur o‘g‘illari va amirlar 40 ta qismni o‘ng qanotini tashkil etgan. Qarindoshlari va ittifoqchilari esa chap qanot oldida joylashgan.
    Amir Temurning farmoyishiga binoan atoqli lashkarboshilardan birinchi darajali sarkarda yana beklar begi mansabiga tayinlangan. Amirlardan eng kuchligi “amir ul umaro” (bosh qo‘mondanning noibi) lavozimi berilgan. Amir Temur o‘zi ishtirok etmagan janglarda amir ul umaro bosh qo‘mondon vazifasini bajargan.
    Ma’lumotlarga qaraganda engil qurollangan otliq askarlar asosan razvetka ishlari bilan shug‘ullangan.
    Amir Temur qo‘shinlariga o‘zi boshchilik qilgan vaqtlarda qarorgohni to‘satdan bo‘ladigan xujumlardan himoya qilish uchun 12 ming otliq askar tayinlangan. Bunday hollarda qarorgoh oldi handaxlar bilan o‘rab olingan. Qarorgohning o‘zida mirshablar ham bo‘lgan. Ular tartib intizomni saqlab qarorgohda bo‘ladigan turli o‘g‘irliklar uchun javobgar xisoblangan.
    Qo‘shin uchun “tag‘or” (oziq-ovqat) jamlash muhim sanalagan. Ali YAzdiyning ma’lumotiga ko‘ra Amir Temur dashtu qipchoqqa qilgan yurishida bir yilga etadigan oziq-ovqat, kiyim kechaklarni tayyorlashni o‘z noiblariga buyurgan.
    Amir Temur tuzuklarida ta’kidlanishicha safar chog‘ida oddiy askarning xar 18 tasiga bitta chodir berilgan. Xar bir jangchi ot, yoy, sovut, qilich, sadoq, qop, 10 ta nina, arra, teri haltaga ega bo‘lgan.

    Yüklə 31,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin