Amir Temur – buyuk davlat arbobi va etuk sarkarda



Yüklə 31,57 Kb.
səhifə1/6
tarix26.11.2022
ölçüsü31,57 Kb.
#70667
  1   2   3   4   5   6
Amir Temur – buyuk davlat arbobi va etuk sarkarda


Amir Temur – buyuk davlat arbobi va etuk sarkarda

Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur izgartiriShlar kiritadi.


Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi CHingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bolsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi:

  1. CHingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida Harbiy xizmatga chaqiriladigan xalq lashkaridan iborat bo’lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi.

  2. CHingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temurbek qo’shiniga oliy bosh qo’mondon ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.

  3. Temurbek qo’shinida Harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma`lumki, CHingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan Shaharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.

  4. Temurbek sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’t ochar qurol, ya`ni to’plarni olib kirdi.

  5. Sohibqiron tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.

  6. Temurbek jahon harb san`ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida yettita qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.

  7. Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’i erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalari ko’rsatgan.

Temurbek qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.
Unda muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslasha-anjom bilan ta`minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug’i orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinni boshqarishda juda qo’l kelgan.
Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g’anim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hisobga olish, qal`a va qirg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo’lgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko’zlab ish yuritish Temurbekka ko’plab zafarlar olib keldi.
Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Qo’shinning yasoli qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, chingiziylar qo’shini jangovar tartibdan farqli o’laroq, yetti qism-qo’lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo’lga qo’yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o’nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo’lgan qo’mondonlarning to’g’ri tanlaganligi va o’z joyiga qo’yo’lganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatgan.
Sohibqironning harb san`ati rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism-qanbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi Harbiy qism, tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, CHingizxon kabi dongdor sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo’shin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning, Napoleon sharq mamlakatlariga Harbiy safar qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo’l-yiriqlarini sinchiklab o’rgangan, zarur topgan taktik usullarni o’zlashtirgan degan mulohazasi, har qalay, haqiqatdan yiroq emas.
Xo’sh, turk-mo’g’ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o’zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni yetti qismga bo’lishga Sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir Xusayn (1370-yili o’ldirilgan) bilan ittfoqda 1365-yili Jata (Mo’g’uliston) xoni Ilyosxo’jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan mushorabada ittifoqdoshlar qo’shini qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerak bo’ladi.
Amir Temur xukmronlik qilgan davr O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirdi. Amir Temur o‘sha davrdagi eng jangovor armiyani tuzushga muvaffaq bo‘ldi, harbiy strategyani rivojlantirdi. SHuning uchun qator g‘alabalarga erishdi. Amir Temur yoshligidanoq Movarounnaxrdagi siyosiy ishlarga aralasha boshlaydi. YOsh Temur o‘z viloyatini ko‘chmanchilar talon tarojlaridan ximoyalash maqsadida mug‘ul xonlari xizmatiga kirib, Tug‘luq Temur yorlig‘i bilan viloyat dorug‘asi etib tayinlanadi. Xon oilasiga mansub qizga uylanib, “ko‘ragon” xonning kuyovi unvonini olish orqali qonuniy xokimyatga ega bo‘ladi. 1370 yilda Amir Temur Husayinni engib Movarounnaxr xukmdori deb e’lon qilinadi. SHundan so‘ng Amir Temur o‘z oldiga markazlashgan davlat tuzushni maqsad qilib qo‘yib Samarqandni poytaxt etib tayinlaydi.
Amir Temur davlatining harbiy kuchlari, uning tuzulishi, vazifalari, harbiy lavozim pog‘onalari, armiyaning davlatdagi o‘rni haqidagi ko‘plab ma’lumotlar Amir Temur “tuzuklari” da va o‘sha davrga mansub boshqa manbalarda keltirilgan.
XIX – XX asrlarga kelib, Amir Temurning harbiy maxorati xaqida rus va evropa tarixchilari maxsus tadqiqotlar yaratdilar. Ular orsida eng avvalo (Rossiya imperiyasi bosh shtabi harbiy-ilmiy komitetining a’zosi) M.I. Ivanin asrini takidlash o‘tish lozim. U asarda Amir Temur armiyasining tuzulishi, qurol yarog‘lari, harbiy xarakatlarini olib borish taktikalari haqida to‘la yoritib borilgan.

Yüklə 31,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin