Amir temur saltanatida san'at va musiqa pedagogikasi mundarija: kirish



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə3/13
tarix21.12.2023
ölçüsü183,54 Kb.
#188794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN\'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI

1.2.Amir Temur saroyida o‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi risolasi
Shuningdek, mantiqiy mulohazalarga ko‘ra, Abdulqodir Marog‘iy boshchiligidagi bir guruh olim va san’atkorlar «O‘n ikki maqom» tizimining o‘lkamizdagi ilk mumtoz ko‘rinishini aynan Sohibqiron Amir Temur saroyida yuzaga keltirgan edilar. Professor Abdurauf Fitratning «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» risolasida qayd etilgan quyidagi satrlar ham shunga ishora etadi: «Temurning buyrug‘i bilan har tomondan keltirilgan ixtisoschi olimlarning g‘ayratlari bilan bu san’at (ya’ni «O‘n ikki maqom» – O.I) birdan jonlandi, oyoqqa bosdi. Islom sharqining har tomonidan keltirilgan cholg‘uchilar bizning bu kungi klassik musiqamizning yuksalishiga, ko‘tarilishiga xizmat qildilar. Oz zamonda yerlilardan ulug‘ musiqiyshunoslar yetishdilar».
Mumtoz maqomlarning buyuk davlat saroyida rasmiy tus olishi hamda keyinchalik Temuriylar davrida tadrijiy rivoj topishida, nazarimizda, bu san’atning buyuk davlat mafkurasiga muvofiqligi masalasi ham muhim o‘rin tutgan. Ma’lumki, Amir Sohibqiron va Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti alohida nufuzga ega bo‘lgan va, ma’lum darajada, rasmiy mafkura bilan tutashib ketgan edi. Buni, masalan, Amir Temur tomonidan shayxul mashoyixlarga ko‘rsatilgan alohida izzat-ikrom namunalarida ham ko‘rish mumkin. Xususan, ulug‘ Sohibqiron Xoja Ahmad Yassaviy hazratlariga chuqur ehtirom bildirib, Turkistonda «Ahmad Yassaviy» me’moriy obidasini (maqbarasini) qurdirgan, shuningdek, mo‘’tabar shayxul-mashoyixlardan Zayniddin Toybodiy, Shamsiddin Kulol va Sayyid Barakalarni o‘zining pirlari deb tan olgan va ularga chuqur ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan.Binobarin, shu holatlar bois xalq orasida keng yoyila boshlagan so‘fiyona g‘oyalarni saroy muhiti va u bilan bog‘liq she’riyat, me’morchilik, amaliy va tasviriy san’atlar bilan birga mumtoz musiqada ham o‘ziga xos ifodalash imkoniyatlari mavjud bo‘lgan.
oo Shunday omillar asosida «O‘n ikki maqom» tizimi ko‘plab olim va kasbiy musiqachi ustozlarning o‘tmish va o‘z zamonasi musiqa boyliklarini o‘sha davr mumtoz talablari va ilg‘or g‘oyalariga muvofiq badiiy yaxlit tizim holiga keltirish ustida samarali olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlarining natijasida yuzaga kelgan hamda buyuk davlatning ustuvor ma’naviy-mafkuraviy tizimlari qatorida saroy madaniyatidan munosib o‘rin olgan edi. Ta’kid joizki, «O‘n ikki maqom tizimi»ning Turkiston zaminidagi qariyb to‘rt asrdan ziyod rivoji davomida maqomotning yangi turlariga asos solindi. Jumladan, XVIII asr o‘rtalariga kelib Buxoro saroy madaniyatida «Shashmaqom» turkumi uzil-kesil shakllandi, XIX asrning birinchi choragida esa Xiva xonligi saroy madaniyati muhitida «Xorazm maqomlari (Shashmaqomi)” qaror topdi. Shuningdek, Qo‘qon xonligi davrida Toshkent va Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari – Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xo‘jand, Quva, O‘sh hamda Chimkent bo‘ylab yoyilgan «Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari» ham yuzaga keldi. Shu asnoda «O‘n ikki maqom» keyingi davrlarda yuzaga kelgan yangi maqom tizimlariga o‘ziga xos poydevor bo‘lgan edi. Albatta, bu o‘rinda Fitrat ta’birida kelgan «yerlilardan yetishib chiqqan ulug‘ musiqiyshunoslar»ning ham xizmatlari katta bo‘lgan. Lekin shu bilan birga, bu bebaho musiqiy boyliklarning bunyod etilishida ulug‘ Sohibqiron Amir Temur bobomiz tomonidan o‘z vaqtida bu san’atga «O‘n ikki maqom» timsolida berilgan katta e’tibor va ko‘rsatilgan zarur amaliy sa’y-harakatlar benihoya ahamiyatli bo‘lgani ham shak-shubhasizdir. Buni biz, bugungi va kelgusi avlodlar, minnatdorlik tuyg‘usi ila aslo unutmasligimiz kerak.4

Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin