Amir temur saltanatida san'at va musiqa pedagogikasi mundarija: kirish


Temuriylar davri musiqa madaniyati



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə4/13
tarix21.12.2023
ölçüsü183,54 Kb.
#188794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN\'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI

1.3.Temuriylar davri musiqa madaniyati
Amir Temur davrida madaniyat va san’atning yuksalishi Tayanch so‘zlar: damli va zarbli cholg'u, ko‘s, tabira, al-tabra, bir tomonli nog ‘ora, chindoul, doul-paz, katta nog ‘ora, Chingizxon boshliq mo‘g‘il istilochilarining bosqini natijasida butun Movaraunnahr parokandalikka uchradi. Bu davrda ilm-fan va san’at ahllarining ko‘pchiligi nobud bo‘ldi. Tirik qolganlari tinch bo‘lgan o‘lkalarga ko‘chib ketishdi. San’at inqirozga yuz tutdi. Amir Temur zamoniga kelib uning harbiy yurishlari natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonanda-yu sozandalar shahar madaniyatining o‘sishiga katta hissa qo‘shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o‘z hunarlarini o‘rgatdilar. Bu davrdagi nog‘oraxona va u yerdagi bosh nog‘orachining vazifasi kun chiqishi, tushlik va kun botish paytida kuylar chalish, keyinchalik kun davomida har soatiga mo‘ljallab ijod qilingan maqom, sho‘ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa, ro‘zayi ramazon oylarida ro‘zadorlarni saharlikka uyg‘otadigan kuylar chalish nog‘oraxonalarda amalga oshirilgan. Amir Temur tomonidan otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilichbozlik, chavandozlik va boshqa harbiy о‘yin musobaqalari hamda ko‘pkarilaming har tomonlama taqdirlanishi harbiy musiqa, ayniqsa, ochiq havoda ijro qilinadigan damli va zarbli cholg‘ulaming ahamiyatini oshirdi. Mahoratli sozandalaming yetishib chiqishiga keng yo‘l ochib berdi. Mehtarlik guruhlari yanada rivojlanib, ularning dasturlarida “Askariy”, “Mehtariy”, “Ilg‘oriy”, “Sarbozcha”, “Duchava”, “Qashqarcha”, “Sharqiya”, “Usmoniya” va boshqa kuylar ijro qilingan. Bunday katta tantanalar Hirotda, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda “tomoshagoh”, “sayilgoh” kabi maydonlarda o‘tkazilgan. Tomosha yoki sayil boshlanishidan oldin mehtarlar guruhi ijrosida “Olomon yig‘ar”, “Shodiyona”, “Bahri tobil” va shularga o‘xshash aholini yig‘inga chorlovchi kuylar chalingan. 0 ‘zbek harbiy zodagonlarining yuksak ma’rifatli vakili bo‘lgan Amir Temur musiqa san’atining muhim estetik ahamiyatini ma’naviy omil sifatida harbiy musiqa turlarini qo‘shinlaming jangovarlik ruhiyatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta e’tibor bergan. U tarixda birinchi bo‘lib, askarlami jangovar bayroqlar va musiqa cholg‘u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga kiritadi: “Amr qildimki, - deb yozadi “Tuzuklar”ida,- qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar - faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora berib, uni bahodir deb atasinlar”2. Shunisi e’tiborliki, Amir Temur lashkarida musiqa cholg‘ulari faqatgina ma’naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko‘proq hollarda asosan harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko‘rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Bu borada “Tuzuklar”da shunday deyiladi: “Amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nog‘ora berilsin. Amir ul umaroga bayroq va nog‘ora, tuman tug‘i va chortug‘ taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug‘ va karnay bersinlar. Yuzboshi va o‘nboshiga bittadan katta nog‘ora bersinlar. Aymoqlaming amirlariga bo‘lsa bittadan burg‘u taqdim etsinlar. To‘rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u bersinlar”3. Amir Temurning musiqa san’atini yuqori darajada baholashi, cholg‘ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi jahon muhoraba san’ati tarixida mislsiz voqeadir. Amir Temur armiyasining harbiy orkestri - damli va zarbli cholg‘ularning xilma-xil turlaridan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi Turk hoqonligi, somoniylar, qoraxoniylar va xorazmshohlar davrlarida mashhur bo'lgan. Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo‘lgan nog‘ora turlari ko‘s, tabira, al-tabra, bir tomonli nog‘ora, chindoul, doul-paz, katta nog‘ora kabilardan foydalanilgan. 0 ‘rta asr miniaturalaridagi tasvirlarga qaraganda, qo‘sh nog‘oralar sipohiy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko‘s nog‘ora esa aksariyat miniaturalarda tuyaning o‘rkachiga o‘rnatilgan holda tasvirlangan. Dovul cholg'usi o‘sha paytda duhul nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bir qal’ani zabt etish manzarasini tasvirlay turib, Ali Yazdiy yozadi: “Unda (ya’ni qal’ada) 300 erkak duhul va sumaylami chalish bilan tamoman mashg‘ul edi”. Bu davrda, shuningdek, musulmon Sharqida azaldan mashhur bo‘lgan tabla va misdan yasalgan jaras (lappak-tarelka) urma cholg‘ularidan keng foydalanilgan. Qadimgi davrdan hozirgi kungacha mashhur bo‘lgan surnaylar qatorida temuriylar mehtarligida yangi turkiy an’analar bilan bog‘liq “Chabchig4” va “Shon” cholg‘ulari ham keng qo‘llaniladi. Hoja Abdulqodir Marog‘iyning ma’lumotlariga qaraganda, chabchig4 ko4p qamishli 44musiqor” (Ovro'padagi Pan fleytasiga o‘xshash) asbobining bir turi bo‘lib, mohir sozandalar ularga yordamchi parda teshikchalarni qo‘shishgan. Damli va zarbli cholg4ulaming harbiy yurishlardagi ahamiyatini barcha sarkarda va lashkarboshilar yaxshi bilganlar. Dushmanni faqat lovu lashkar, nayza, qilich, yoy bilan emas, balki uning yuragiga qulog4i orqali tovush-sas bilan dahshat va g4ulg4ula solish yo4li bilan urushda g4olib chiqishda kamay va nog‘oralaming o‘z o4rni borligini tan olganlar. Ammo inson hayotida harbiy yurishlardan ko‘ra to4y, bayram va sayillar ko‘proq bo‘lgan, “Navro‘z”, “Mehrjon”, “Mina”, “Qizil gul” kabi bayram va sayillaridagi ommaviy teatrlashgan raqs o4yinlarida ochiq havoda chalinadigan damli cholg'ular ularga jo‘r bo‘lganligini, bunday marosimlarda xalqni yig4ish, ularga hush kayfiyat bag4ishlash, ruhini ko4tarish kabi ezgu amallami bajarishda qo4l kelganligini e’tirof etish mumkin.5


XVI-XIX ASRLARDA 0 ‘ZBEK XALQINING MUSIQA MADANIYATI Tayanch so‘zlar: maqom, “Armug‘oni sabboq”, “Shashmaqom”, “Risola-yi musiqiy”, “Muzakkiri ahbob”, “0 ‘n ikki maqom”. Musiqa folklori tarixidan bizga ma’lum mo‘g‘illar istilosidan keyin Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy markazga aylanib, Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o‘tay boshladi. So‘ngra Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI a.), Ashtarxoniylar (XVII a.) va Mang‘it xonlari (XVIII a.) davlati qaror topdi. Buxoro xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o‘zbek urug‘idan chiqqan Shayboniylar sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan boshlanadi. XVI asrning boshida (1505-yil) Hirot Shayboniylar tomonidan ishg‘ol etildi. Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo‘lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab burilishi paytida Temuriylar davri, xususan, Samarqand va Hirot boy madaniy an’analaming munosib vorisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. 0 ‘zbek xonlari Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko‘zga ko‘ringan ilmu m a’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning “Buxoro maktabi” deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahli orasida yirik sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning o‘zbek xonliklari madaniy hayotidagi о‘mini Abdulqodir Marog‘iyning Temuriylar zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi. Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o‘xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiy si va ayni chog‘da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o‘z saroyining ko‘rki tariqasida e’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529-yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir Hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish voqea ushbu davr tarixchisi Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asari va boshqa manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan “Musiqa risolasi” va “0 ‘n ikki maqom haqida” asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va Hindistonda ijod qilgan ko‘pchilik musiqashunoslar o‘zlarini Kavkabiy maktabining davomchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani Darvesh Ali Changiy alohida mavqega ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan va ulaming har biriga atab mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o‘xshab, u turli ilm sohalarini o‘zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. 0 ‘z mavqeyiga ko‘ra, Darvesh Alini islom Sharqining atoqli musiqashunoslari silsilasining so‘nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri “Risola-yi musiqiy” (“Musiqa risolasi”) mazkur ilmning an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlami ham o‘z ichiga oladi. Ushbu nuqtayi nazardan “Risola-yi musiqiy” nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevosita shu davlat hukmdorlariga bag‘ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqaviy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko‘zda tutish lozim. Boshqacha aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilmagan. XVII asr o‘rtalaridan kuchaygan diniy xurofot oqibatida dunyoviy san’atlar, xususan, musiqaga bo‘lgan ehtiyoj ancha zaiflasha boshladi. Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi Hindistonga hijrat qilishga majbur bo‘lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Hindistonda o‘z vatanini qo‘msab g‘azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir. 1746-yilda Ashtarxoniylar o‘miga boshqa bir o‘zbek sulolasi, mang‘itlar Buxoro taxtiga o‘tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko‘ra mahalliy uslublar ustunroq chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doirasida o‘ziga xos yorqin jihatlarga ega bo‘lgan Buxoro Shashmaqomi qaror topa boshladi. Samarqand va Hirot madaniyatining bevosita merosxo‘ri bo‘lgan Buxoro maqomchiligining yuksak an’analari izsiz yo‘qolib ketmadi. Ular musiqaning yangi navi bo‘lmish Shashmaqom asoslariga singa boshladi. “Shashmaqom” iborasi mumtoz musiqamizning yangi ko‘rinishining nomi sifatida bevosita sohaga oid manbalarda XIX asr o‘rtalaridan uchraydi. Minorai Kalon, betakror me’moriy yodgorliklari yoki hech bir narsaga qiyoslab bo‘lmaydigan zardo‘zlik san’atlari kabi Buxoro madaniyatining eng noyob durdonalari qatoridan o‘rin oladi. Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo‘lib xizmat qilgan saroy an’analarining rivoji ko‘p jihatdan bevosita hukmdorlarning soz san’atiga qiziqishi va e’tiboriga bog‘liq bo‘lgan. Bu o‘rinda Buxoro taxtiga o‘tirgan so‘nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Amir Olimxonlaming sozparvarligini aytib o‘tish kerak. Ular homiyligida o‘ktam ijodkorlaming saroyga to‘planishi Buxoro Shashmaqomining benazir badiiy namuna sifatida ^ayqal topishiga olib keldi. A.Fitratning 30-yilda nashr etilgan “Amir Olim hukmronligi” kitobida Amiming shaxsiy hayotidan hikoya qiluvchi maxsus bob mavjud. Unda Olimxonning musiqiy qiziqishlari bema’ni maishatbozlik etib ko‘rsatiladi. Vaholanki, Olimxon atrofida bo‘lgan hofiz va sozandalarning avlodlari hikoya etishicha, Amir she’riyat va, ayniqsa, musiqani chuqur idroklaydigan shaxs bo‘lgan. Shashmaqom mulkini e’zozlab, unda mavqega erishgan hofiz va cholg‘uchilarga doim izzat va ikrom bildirgan. Maqom an’analarini muqaddas bilib, nufiizli saroy hofizlari har qanday joyda ijro etib, mo‘tabar san’atning poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymagan. Shunga binoan saroy san’atkorlarining faoliyati qat’iy nazorat ostida bo‘lgan. Olimxonning o‘zi har seshanba maxsus sharoitda, juda tor muxlislar doirasida sevimli hofiz Levicha ijrosida Shashmaqom eshitib, zavqlanish odati bo‘lgan. Tartibga ko‘ra hofiz Levicha doka parda ortida tizza cho‘kib o‘z san’atini ijro etar ekan. Olimxonning 1885—1910-yillar mobaynida taxtda o‘tirgan otasi Abdulahadxon o‘z davrining nufuzli shoiri va soz san’atining ixlosmandi bo‘lib tanilgan. Uning boshqaruvi davrida Buxoro amirligining iqtisodiy va madaniy rivoj lanishida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Abdulahadxonning “Ojiz” taxallusi bilan bitilgan devoni ham saqlanib kelinmoqda. “Armug‘oni sabboq” tazkirasida uning madaniy-ma’rifiy faoliyatiga yuqori baho beriladi: “Amir Said Abdulahadxon o‘qimishli, ma’rifatli, adabiyot va she’riyatni chuqur idroklaydigan hukmron edi. Uning zamonida ko‘p olim-u fozillar, shoirlar saroyga jalb qilindi. Umuman, uning hukmronlik davri mang‘itlar sulolasining yuksalish payti bo‘ldi”. 0 ‘z navbatida, Abdulahadxonning otasi Muzaffarxon (podsholik davri 1865-1885-yy.) ham o‘z saroyida musiqa bazmlarini tashkil qilishga katta e’tibor bergan. Shashmaqomning eng buyuk ustozi deb e’tirof etilgan Ota Jalol saroy sozandasi sifatida faoliyatini aynan Muzaffarxon davrida boshlagan. Aytishlaricha, Muzaffarxon malakali hofiz va cholg‘uchilar tayyorlash uchun maxsus Shashmaqom maktabi tashkil etgan. Zikr etilganlardan oldin o‘tgan hukmdorlar - Nasrulloxon, Amir Haydar, Amir Shohmurodlaming musiqaga munosabatlari haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Faqat xalq orasida yurgan rivoyatlardan biriga ko‘ra, o‘zining qat’iyati va qattiqqo‘lligi bilan tanilgan Amir Nasrullo “Elda shodlik oshib, din-u diyonatga e’tibor pasaymasin” - deya bazmlami ancha chegaralab qo‘ygan ekan. Shunda Buxoro shinavandalari jazoga mahkum bo‘lmasligi uchun mehmonxonalaming eshik va derazalariga namat yoki ko‘rpa tutib, hofiz hamda cholg‘uchilaming ovozini tashqariga chiqarmaslikka harakat qilar ekan. Bu amirlaming musiqaga munosabati, umuman olganda ijobiy bo‘lmasa ham, ular atrofida nomi chiqqan Abdurahmonbegi Junaydiy va boshqa sozanda, shoirlar bo‘lganligi manbalarda tilga olinadi.6

Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin