Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi
shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr, chidamlilik sog'ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshiyrilur.
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
* * *
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-miiglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutilib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.