9
1. Moddaning kelib chiqishi hamda tabiati o‘rganiladi;
2. Modda tarkibi va undagi asosiy komponentlar miqdori va
begona aralashmalar aniqlanadi;
3. Noma’lum birikmaning
kimyoviy formulasi topiladi;
4. Moddaning strukturasi aniqlanadi.
Bu usul hamma vaqt ham talab-ehtiyojni qondiravermaydi.
5. Sifat analizining fizikaviy-kimyoviy usullari reaksiyalar
vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni aniqlashga asoslan-
gan. Sifat analizining fizikaviy-kimyoviy usullariga - eritmalar rangi
intensivligining rangli moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligiga
asoslangan kolorometrik va xromotografik analiz usullarini keltirish
mumkin. Kolorimetrik analizda tekshirilayotgan
modda tarkibidagi
ion yoki molekulalarga xos rangli eritmadan o‘tgan nurning
yutilishiga qarab modda tarkibi haqida fikr yuritiladi. Xromotografik
usulda tekshiriladigan eritma shisha naychaga joylashtirilgan
kukun holatidagi qattiq adsorbent (A1
2
O
3
) kolonkasidan
o‘tkaziladi. Turli moddalar yoki
ionlarning adsorbsiyalanish
xususiyati nihoyatda xilma-xil bo‘lganligi uchun ular kolonkada
bir-biridan ajraladi va ularni o‘ziga xos rangidan yoki reagentlar
ta’sir etilganda hosil bo‘ladigan birikmalarning ranglariga ko‘ra
aniqlab olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: