Analitik kimyo va laboratoriya ishi texnikasi


- §. Analitik kimyoning tekshirish usullari



Yüklə 50,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü50,57 Kb.
#208906
1   2   3   4   5   6
xrpt ac7mke491ttjendpj2jrup53zx1cr85s027k7zivi47mha5r3d0lu4dip5l93gp28mc4ckokdlz

3- §. Analitik kimyoning tekshirish usullari
Analitik kimyo analizdagi maqsad va uni hal qilish usullari-
ga qarab ikkita yirik qismga: sifat analizi va miqdor analizlariga 
bo‘linadi. 


7
Modda tarkibiga qanday element yoki ionlar kirishini aniqlash 
sifat 
analizining vazifasidir. Sifat analizida faqat biror tashqi ef-
fekt, ya’ni reaksiyaning haqiqatda borayotganligini ko‘rsatuvchi 
ma’lum bir o‘zgarishlar bilan boradigan reaksiyalardan foydala-
niladi.
Miqdoriy
analizning vazifasi esa tekshirilayotgan modda tar-
kibini tashkil etgan element yoki ionlar miqdorini aniqlashdan 
iborat. Sifat analiz, odatda, miqdoriy analizdan oldin o‘rganiladi. 
Tekshirilayotgan moddaning oldindan ma’lum bo‘lgan birorta 
tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo‘lganda ham 
sifat analizdan foydalaniladi. 
Bunday qilishga sabab shuki, tekshirilayotgan moddada 
qanday elementlar yoki ionlar borligini bilib olinganidan so‘ng, 
shu moddaning tarkibiy qismlarini miqdoriy jihatdan aniqlashning 
eng muvofiq usullarini tanlab olish mumkin.
Ikkinchi tomondan, sifat reaksiyalari tekshirilayotgan modda-
dagi ba’zi komponentlarning miqdori, ya’ni ularning oz yoki 
ko‘pligi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Analitik kimyoga oid masalalarni har xil kimyoviy, fizikaviy va 
fizik-kimyoviy usullar bilan hal qilish mumkin. Quyidagi 2-rasmda 
analitik kimyoning tekshirish usullari va ularning sinflanishi 
keltirilgan.
Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi 
bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar
-
dan foydalanishga asoslangan. Fizikaviy analiz usullariga spek-
tral analiz, luminessent analiz, rentgenstruktura analiz hamda 
mass-spektrometrik analizlar kiradi.
1. Spektral analizda moddani gorelka alangasiga, elektr yoyi va 
hokazolarga kiritib, sodir bo‘ladigan nurlanish spektri tekshiriladi. 
Bu usul juda sezgir va 10
-6
-10
-8 
g miqdordagi elementlarni aniqlashga 
yordam beradi.
2. Luminessent analiz luminessensiyaga, ya’ni tekshirilayotgan 
obyektni ultrabinafsha yoki korpuskular nurlar bilan yoritilganda 
nurlanishining kuzatilishiga asoslangan.


8
SIFAT
ANALIZI
Analitik kimyoning analiz 
usullari
MIQDOR 
ANALIZI
Kimyoviy usul
Fizik-kimyoviy usul
Fizikaviy usul
Rentgenstruk-
tura analiz
Mass-spektro-
metrik analiz
Ho‘l 
usul
Quruq 
usul
Spektral
analiz
Kolori-
metrik 
analiz
Xromoto-
grafik 
analiz
Lumines-
sent analiz
2-rasm. 

Yüklə 50,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin