Fanning vazifasi - ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha elektr sxemasiga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, elektron qurilma, integral mikrosxema, mikrosxemotexnika, raqamli mikrosxemotexnikalar, raqamli mikrosxemalarning turlari va shartli belgilari. Raqamli va analogli texnologiyaning asosiy qurilmalarining ishlashi tavsiflangan: oddiy va murakkab mantiqiy elementlar, kodlovchilar va dekoderlar, multipleksorlar va demultipleksatorlar, to‘plagichlar, arifmetik mantiq birliklari, ko‘paytirgichlar, xotira elementlari, impuls hisoblagichlari, operativ kuchaytirgichlar, komparatorlar, integratorlar, differentsiatorlar va boshqa qurilmalar. Raqamli va analog texnologik qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirishning turli usullariga e'tibor qaratadi.
II. Asosiy nazariy qism (mahruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: (3-semestr) 1-mavzu: Fanga kirish. Analog va raqamli sxemotexnika. Elektronika va sxemotexnika asos elementlari tushunchasi. Analog va raqamli qurilmalarning passiv va aktiv komponentlari. Elektron qurilma va uning qismlari.
2-mavzu:Elektron apparaturalarida, sxematexnikada qo‘llaniladigan elementlarnining shartli grafik va harfiy belgilanishlari, o‘qilishlari. Electronics Workbench (EWB) pakеti.
3-mavzu: Analog qurilmalar sxemotexnikasi.
4-mavzu: Analog kuchaytirgich qurilmalarining asosiy xususiyatlari.
5-mavzu: Yarimo‘tkazgichli diodlar.
6-mavzu: Tiristorlar tushunchasi. Stabilitron.
7-mavzu: Darlington juftligi. Uilson tok ko‘zgulari sxemasi
8-mavzu: Bipolyar va maydoniy tranzistoplar asosidagi kuchaytirgich kaskadlari.
9-mavzu: IMS chiqish kaskadlari.
10-mavzu: Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari: Teskari aloqa kuchaytirishlari. Differentsial kuchaytirishlar
11-mavzu: Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari va xarakteristikalari
12-mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signallar o‘zgartirgichlari.
13-mavzu: Raqamli qurilmalarda qo‘llaniladigan sanoq tizimlari. Sanoq tizimlari va ikkilik arifmetika; Pozitsion sanoq sistemalari. Sonlarni bir pozitsion sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‘tkazish Ikkilik (va boshqa) sonlarni oʻnlik sanoqqa aylantirish; oʻnlik (va boshqa) sonlarni Ikkilik sanoqqa aylantirish.