Analog va raqamli sxemotexnika маърузачи: Ф. Ирисқулов


Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#167484
1   2   3   4   5   6   7   8
Analog va raqamli sxemotexnika-fayllar.org

Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Kurs ishining maqsadi talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishining mavzulari «Analog va raqamli sxemotexnika» fani bo‘yicha belgilanadi.
Kurs ishining ob’ekti sifatida kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsientlari, kuchaytirish kaskadlari, chastotali xarakteristikalari, chastotali xarakteristikalarining chiziqliligi va chastota o‘tkazish oraliqlarini loyixalash, ularning elektron sxemalarini yaratish masalalari hisoblanadi.
Kurs ishi (loyihasi) ning tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

  • Raqamli va analog zanjirlar printsipial sxemalariga asoslangan qurilma bosma platasi uchun montaj sxemasini loyixalash.

  • Umumiy emitterli kuchaytirgichni tahlil qilish. Umumiy kollektorli kaskadni hisoblash.

  • Teskari bog‘lanish kiritilganda kuchaytirgichni parametrlarini hisoblash.

  • Bir va ko‘p kaskadli operatsion kuchaytirgichlarni loyixalash.

  • Kuchaytirgichlarni chiqish kaskadlarini hisoblash.

  • Impuls signallar parametrlarini hisoblash.

  • Summatorlarni, analog summatorlarni loyixalash.

  • Summatorlarni, raqamli summatorlarni loyixalash.

  • Berilgan xaqiqiylik jadvali asosida mantiqiy funksiyani tuzib, kombinasion sxema yig‘ish.


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari va mavzulari ustida ishlash;
- yangi apparaturalarni jarayon va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabaning o‘quv - ilmiy- tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanadigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy ta’lim.

Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin