An’anaviy lingvistik tahlil metodlari


Struktural (sistemaviy)tahlil usuli



Yüklə 46 Kb.
səhifə10/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

2.3 Struktural (sistemaviy)tahlil usuli

Mohiyatan xilma-xil bo`lib, kamida uning to`rt ko`rinishi tilsunoslikning mustaqil yo`nalishi sifatida e`tirof etiladi. Bular:


1) deskriptiv tahlil usuli va tilshunosligi,
2) glossematik tahlil usuli va tilshunosligi,
3) funktsional tahlil usuli va tilshunosligi,
4) generativ tahlil usuli va tilshunosligi.
Bir-biridan tub farq qiluvchi, turli maqsadni ko`zlovci bu tahlil usullarini birlashtiruvchi tamoyillar quyidagilardir:
- tilga ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida yondashish,
- til (lison) va nutqni izchil farqlash,
- til(lison)ni semiotik, ya`ni shartli belgi (ishora, ramz)lar sistemasi sifatida tushunish,
- lisoniy birliklar mohiyatini birliklarning o`zidan emas, ularning paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlari orqali aniqlash, shu bilan uzviy bog`liqlikda lisoniy tizimda oppozitivlik-u paradigmalar tahlil va tavsifiga asosiy e`tibor qaratish,
- lisoniy birlik va hodisalarning material-moddiy tomoniga kam e`tibor berib, asosiy diqqatni semantik-funksional tomoniga qaratish.
Shular bilan bu yo`nalishlar orasidagi asosiy umumiylik tugaydi. Lekin shuni alohida ta`kidlash joizki, yuqorida sanab o`tilgan umumiyliklar ham har bir yo`nalishda har xil tushuniladi. Chunonchi, lison va nutq deskriptiv lingvistikada (Amerika strukturalizmida) ham, glossematikada (Kopengagen/Daniya tilshunosligida) ham farqlanadi. Lekin bu ikki yo`nalishda lison va nutq tamoman boshqacha-boshqacha tushuniladi va ularni ko`pgina holatlarda hatto qiyoslash, solishtirish mumkin emas. Shu bois tilga semiotik sistema sifatida yondashib, insoniy nutqiy faoliyatda UMIS sifatida tushuniladigan lison va YaHVO sifatida qaraladigan nutq hodisalarini izchil farqlovchi struktural tilshunoslik (lingvistik strukturalizm) o`z ichida o`nlab tahlil va tadqiq usuli va yo`nalishlarga ega bo`lib, bu haqda jild-jild tadqiqot-u tavsivlar yaratilgan, ulardan bir qismi bu qo`llanmada ham eslatildi.
Struktural tahlil usulida (va bilan aloqador bo`lgan tipologik, komponent, kontekstual v. b. lison va nutq hodisalari farqlanadigan tahlil usullarining barchasida) idrokiy-dialektik-idealistik metodologiya yetakchilik qiladi va nominalistik-marerialistik unsurlardan ham xoli emas.
Bu tahlil usuli bilan fanimizda Sergey Ivanov, Shavkat Rahmatullayev, Iristoy Qo`chqortoyev, Abduhamid Nurmonov, Nizomiddin Mahmudov, Odiljon Bozorov, Ra`no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev, Muhabbat Qurbonova kabi olimlar, ularning ko`p sonli shogird va izdoshlari shug`llangan va shag’ullanmoqda. Shu tahlil usuli zaminida o`zbek fanida zotiy (substansial, formal-funksional) lingvistik tahlil, semantik sintaktik tahlil usullari shakllandi va rivojlanmoqda.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin