Anatomiya 2014. indd


Oqsillar almashinuvining buzilishi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oqsillar almashinuvining buzilishi
Oqsillar almashinuvida miqdoriy o‘zgarishlar haqida azot ba-
lansini o‘rganib, bir xulosaga kelish mumkin. Buning uchun tar-
kibida azot tutgan moddalarning ovqat bilan organizmga kirgan 
va orga nizmdan chiqqan miqdorini solishtiradilar.
Azot muvozanati
 
kiritilgan va chiqarilgan azotning miqdori 
bir xil bo‘lganda qo‘yiladi. Ko‘p kasalliklarda, ayniqsa, isitmali 
kasal liklarda modda almashinuvi keskin ortadi, oksidlanish ja-
rayoni kuchayadi. Oqsillar almashinuvining so‘ngi mahsulotlari 
ajralishi ko‘payadi, azot balansi manfiy bo‘lib qoladi. Siydikda 
azot tutuvchi modda larning analizi shuni ko‘rsatadiki, isitma-
da oqsillarning odat dagi parchalanishidan tashqari hujayra yad-
rosi tarkibidagi murak kab oqsillarning parchalanishi ham ku-
zatiladi. Bunda siydik kislotasi va kreatinning ko‘plab ajralishi 
guvoh lik beradi. Isitma bilan o‘tadigan kasallikdan so‘ng orga-


306
nizm yo‘qotilgan azotning o‘rnini to‘ldirishga intiladi va uning 
ajralishi vaqtincha kamayadi. Qisqa muddat da musbat azot ba-
lansi ko‘payadi. Manfiy azot balansi doimo qon yo‘qotishlar-
dan so‘ng, kuyish lardan, xavfli o‘smalar va zaharlanishlarda 
kuzatiladi.
Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakteri haqida qondagi 
azotli moddalarning tarkibiga qarab ham xulosa chiqaradilar. Bu-
ning uchun qonning oqsillarga taalluqli bo‘lmagan moddalarida 
azot miq dorini – qonning qoldiq azotini aniqlaydilar. Oqsillarni 
cho‘ktiruvchilar bilan cho‘ktiradilar. Qoldiq azotni asosiy miqdo-
rini siydikchil tashkil qiladi.
Qoldiq azot beruvchi moddalar qatoriga siydikchildan tash-
qari siydik kislotasi, kreatinin va boshqa oqsil parchalanishining 
mah sulotlari kira di. Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakte-
rini o‘rganish ga qondagi oqsillarning har xil turlarini aniqlash 
ham yordam beradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin