Asosiy almashinuv. Odamning energiya almashinuvi yoki
umumiy almashinuv asosiy almashinuv va ishchi qo‘shimchani
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Asosiy almashinuv odam jismonan
va ruhan tinch holatda bo‘lganda (ertalab o‘rnidan turmasdan)
nahorga, oxirgi marta ovqatlangandan keyin 14 coat o‘tgach,
komfort xona haroratida (18–22 °C) sarf qilgan energiya bilan
o‘lchanadi. Bu sharoitda energiya sarfi 1700 kkal bo‘lib, u or-
ganizmni hayot faoliyatini ta’minlashga va tana haroratini saq-
lab turishga sarflanadi. Asosiy almashinuv shu organizmga xos
bo‘lgan oksidlanish jarayonining kuchini xarakterlaydi va uning
kattaligi odamning jinsi, yoshi, tana og‘irligi va bo‘yiga bog‘liq.
Ayollarda u shunday og‘irlik, bo‘yga ega erkaklarga nisbatan
5–10 % past bo‘lsa, bolalarda kattalarga nisbatan ko‘p.
Asosiy almashinuv endokrin bezlar kasalliklarida buzila-
di. Qalqonsimon bez faoliyati oshganida u 150 %gacha oshishi
mum kin. Bun day holatda ko‘p ovqat yesa ham ozib ketaveradi.
Gipofiz faoliyati yetishmov chligida asosiv almashinuy pasayib –
gipofizar semirish kelib chiqadi. Asosiy almashinuvga jinsiy bez-
lar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ishchi qo‘shimcha. Energiya
almashinuvini asosiy almashi-
nuvidan oshib ketishi ishchi qo‘shimcha deyiladi. Energiya sarf-
lanishining oshiruvchi omillar bo‘lib, ovqat qabul qilish, past
y oki yuqori (30 °C dan yuqori) tashqi harorat va jismoniy ish hi-
soblanadi. Tashqi ha rorat pasayganda, tananing issiqlik ajratishi
osha di, mos ravish da, tananing doimiy haroratini saqlashi uchun
zarur issiq likni ishlab chiqarish ko‘payadi. Agar tashqi harorat
30 °C yuqo ri bo‘l sa, energiya tanani sovutish uchun (terlash, teri
qon aylanishini ku chaytirish) sarflanadi. Jismoniy ish bajargan-
da, energiya sarfi ancha ko‘payadi. Aqliy mehnat da ko‘p ener-
giya sarf qilinmaydi. Aq liy mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlar
sutkada 3000 kkal atrofida energiya sarf qiladilar. Og‘ir jismoniy
mehnat bilan shug‘ullanadiganlar 4 000 kkal dan ortiq, sportchi-
lar esa 7000 kkal gacha energiya sarf qiladi.