Anatomiya 2014. indd


Oqsilli distrofiyalar (disproteinnozlar)



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oqsilli distrofiyalar (disproteinnozlar). 
Oqsillar almashinuvi-
ning buzilishlari to‘qimalar va ular hujayralarni tarkibini o‘zga-
rishiga – oqsilli distrofiyalarga olib keladi. Oqsil almashinuvining 
turli buzi lishlariga bog‘liq bo‘lgan oqsilli distrofiyalarning birne-
cha turlari mav jud. Ularning ba’zilari hujayra ichidagi oqsilning 
o‘zgarishlarida boshqalari esa hujayradan tashqaridagi to‘qimalar 
oqsillarning o‘zgarishlarida o‘z ifodasini topadi.
Hujayra disproteinnozlari. 
Hujayra disproteinnozlarida hu-
jayralar oqsilli normaga nisbatan boshqacha fizik, kimyoviy va 
morfologik ko‘rinishni oladi. Hujayra disproteinnozlaridan do-
nali va gidrofik distrofiyalar ko‘proq ahamiyatga molikdir.
Donali distrofiya
– parenximatoz a’zolarning hujayra proto-
plaz masida yirik donalar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Hujay-
ralar bo‘kkan ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda oqsillarining tarkibiy 
xususiyatlarini o‘zgarishi hujayralar protoplazmasiga hosil bo‘lgan 
donalar va tomchilar bilan belgilanadi. Donali distrofiyada mi-
toxondriyalar qattiq shikastlanib, ularda bo‘kish va vakuolizatsiya 
ro‘y beradi.
Donali distrofiya buyrakning burama naychalarida, jigar hu-
jayralarida, yurak mushaklarida aniq va yaqqol ko‘rinadi. Bu 
distrofiyada a’zolar hajmi birmuncha kattalashib, bo‘shashgan 
bo‘ladi. Kesmasida esa kulrangnamo bo‘kkan, go‘yo qaynoq suv 
sepilgandek ko‘rinishda bo‘ladi.


307
Donali distrofiy har xil intoksikatsiyalarda, infeksion jarayon-
lar va qon aylanishini buzilishlarida uchraydi. Ularning bevosita 
sababi oksid lanish jarayonlarining susayishi, hujayra nafas olishi-
ning buzilishi va modda almashinuvining kislotali mahsulotlari 
to‘planishi hisoblanadi.
Donali distrofiyada parenximotoz a’zolar funksiyasi pa-
sayadi. U yurak mushaklarining qisqarish qobiliyatining kuch-
sizlanishiga olib keladi. Buyrakning burama naychalari epiteliy-
sining donali dis trofiyasi epiteliyning filtratsion qobiliyatini bu-
zilishiga va siydik da oqsil paydo bo‘lishiga olib keladi.
Donali distrofiyaning oqibati har xil. Bu jarayon, odatda, 
qaytar jarayon bo‘lib, uni keltirib chiqargan sababi bartaraf qi-
linganda tarkibning to‘la tiklanishi kuzatiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin