Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Moddalar almashinuvi
Modda almashinuvini bilish uchun organizmga qancha oq-
sil, yog‘ va uglevod kirganini, unda qanchasi sarflanganligini bi-
lish yoki moddalarning kirishi va sarflanishini balansini chiqarish 


304
kerak. Oziqa moddalarni kirishi kimyoviy analiz bilan aniqlana-
di. Agar ovqat bilan qabul qilingan oqsil, yog‘ va uglevodlarning 
umumiy massasi (grammlarda), axlat bilan chiqarilgan qoldiq 
moddalar miqdorini olib tashlagandan chiqqan farq moddalar-
ning sof kirish miqdori bo‘ladi. Moddalarning sarflanishi Shater-
nikov kamerasida aniqlanadi. Bu usul bilan bir sutkada o‘zlash-
tirilgan O
2
va siydik bilan chiqarilgan CO
2
va N
2
miqdorini aniq-
lash bilan, oqsil, yog‘ va uglevodlar sarfini hisoblash mumkin. 
Muvozanat musbat, manfiy yoki teng holatda bo‘lishi mumkin. 
O‘sayotgan davrda tana kattalashgani uchun moddalar almashi-
nuvi muvozanati doimo musbat bo‘ladi. Manfiy muvozanat uzoq 
betoblik va och qolganda, goho qarilik davrida kuzatiladi. Bu 
vaqt da organizm moddalarni ovqat bilan qabul qilganga nisba tan 
ko‘p parchalaydi.
Oqsillar almashinuvi
Oqsillar barcha tirik hujayralar tarkibiga kiradi va tirik to‘qi-
malarning asosiy tarkibiy materialidir. Organizmda oqsillar sin-
tezi beto‘xtov ketadi. Oqsillarning tarkibiy birligini o‘rtacha saq-
lanish muddati 80 kun atrofida. Ammo turli a’zolarda bu mud-
dat turlicha.
Oqsillar tarkibida azot saqlovchi murakkab yuqori mole-
kulyar birikmalardir. Ular 20 ta turli aminokislotalardan iborat. 
Ichakdan so‘rilgan aminokislotalardan har bir individga xos oq-
sillar quriladi.
Aminokislotalar almashtirsa bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmay-
diganlarga bo‘linadi. Almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar (gli-
ko kol, alanin, sistein va boshqalar) organizmda sintezlanishi 
mum kin. O‘nta almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar (argi-
nin, leystin, lizin, triptofan va boshqalar) organizmda sintezlan-
maydi va albatta, ovqat bilan tushishi kerak. Tuxum oqsili, sut va 
go‘sht aminokislotalar tarkibi to‘liq bo‘lgan oziq-ovqatlar hisobla-
nadi. O‘simlik oqsillarida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota-
lar kam bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi.
Oqsillar hujayraning asosiy qismi hisoblanib barcha kimyo-
viy reaksiyalarga katalizatorlik qiluvchi fermentlar tarkibiga ki-
radi. Ular orga nizmning ko‘pchilik faoliyatini ta’minlashda ishti-
rok etadi. Masalan: gemoglabin O
2
va CO
2
ni tashiydi, fibrino-


305
gen qonni ivitadi, nukleoproteid lar nasliy belgilarni o‘tkazishni 
ta’minlaydi. Ovqat yemagan odamda bir sutkada 23 g yaqin oqsil 
parchalanadi va bunda 3,7 g azot (100 g oqsilda o‘rtacha 16 g azot 
bo‘ladi) ajralib chiqadi. Odamda qancha ko‘p oqsil qabul qilinsa, 
u shuncha ko‘p parchalanadi, chunki yog‘ va uglevodlardan farq li 
oqsillar organizmda zaxira shaklida to‘planmaydi.
Oqsil ovqat bilan kiradi, ammo uning o‘zlashtirilmagan qis-
mi axlat bilan chiqib ketadi. Shuning uchun ovqatdagi oqsil mi-
qdoridan axlatdagi oqsil miqdorini ajratsak, ular o‘rtasidagi farq 
o‘zla shtirilgan oqsil miq dorini tashkil qiladi. Organizmda parcha-
langan oqsil miqdori siydikdagi azot miqdori bilan aniqlanadi. 
Ma’lumki, 6,25 g oqsil 1 g azot saq laydi. Siydikdagi azot miqdori-
ni 6,25 ga ko‘paytirib o‘zlashtirilgan oqsil miqdori hisoblab chiqa-
riladi. Ovqatdagi azot miqdori bilan axlatdagi azot miqdori o‘rta-
sidagi farq siydikdagi azot miqdoriga teng bo‘lib, azot muvozanati 
deyiladi. U ovqatda oqsil 69–70 g dan kam bo‘lmaganida o‘rna-
tiladi. Bu oqsilning eng kam miqdori yoki azot minimumidir. Bu 
yuqori ish qobiliyati va to‘liq sog‘liqni ta’minlay olmaydi. Buning 
uchun sutkada o‘rtacha 100 g oqsil kerak bo‘lib – bu oqsil opti-
mumi deyiladi.
Katta odam uchun oqsilga talab tananing 1 kg og‘irligiga 1,5 g; 
emizikli bola uchun – 3,0–3,5 g; 10 yoshli bola uchun – 2,5 g.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin