300
Tor ma’noda oraliq deganda old tomondan tashqi tanosil a’zola-
ri, orqadan orqa teshik o‘rtasida joylashgan oraliqning pay mar-
kaziga to‘g‘ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha jinsiy
yori g‘ning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasiga-
cha davom etsa, erkaklarda yorg‘oqning orqa chekkasidan orqa
teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Oraliq terisida ol-
dindan orqaga qarab chok yo‘nalgan bo‘lib, erkaklarda yorg‘oq
chokiga davom etadi.
Siydik-tanosil to‘siq
oraliqning old tomonini egallagan, uchi
qov sim fiziga qaragan uchburchak shaklida bo‘ladi. Uning yon
tomonlari ni qov va quymich suyagini pastki shoxlari asosini esa
quymich do‘ng ligini biriktiruvchi chiziq hosil qiladi. Siydik-tano-
sil to‘sig‘i orqali erkaklarda siydik chiqarish nayi, ayollarda esa siy-
dik chiqarish nayi va qin o‘tadi. Siydik-tanosil to‘sig‘i mu shaklari
yuza va chuqur qavatlarga bo‘linadi. Yuza qavatda quymich-g‘ovak
tana, so‘g‘on-to‘rlangan tana va oraliqning yuzaki ko‘ndalang mu-
shaklari joyla shadi.
Siydik-tanosil to‘siqning chuqur mushaklariga oraliqning chu-
qur ko‘n dalang mushagi va siydik chiqaruv nayining tashqi sfink-
teri kiradi.
Chanoq to‘sig‘i
uchburchak shaklida oraliqning orqa qismini
hosil qiladi. Uchburchakning uchi dum suyagiga qaragan bo‘lib,
undan erkaklarda va ayollarda to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi o‘ta-
di. Chanoq diafragmasining yuza qavatida orqa teshikni qisuvchi
tash qi mushak joylashadi.
Chanoq diafragmasining chuqur mushaklariga orqa teshikni
ko‘ taruv chi mushak va dum mushagi kiradi.
Orqa teshikni ko‘taruvchi mushak
uchburchak shaklida-
gi juft mushak bo‘lib, uning oldingi tutamlari qov suyagi past-
ki shoxining ichki yuzasidan, yon tutamlari chanoq fassiyasi-
ning qalinlashuvi dan hosil bo‘lgan mushakning pay ravog‘idan
boshlanadi. Bu mushak lar qisqarganida, chanoq tubini mustah-
kamlaydi, to‘g‘ri ichakning past ki qismi oldinga va yuqoriga tor-
tilib siqiladi.
Dostları ilə paylaş: