Anatomiya 2014. indd


Bachadonning funksional o‘zgarishi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Bachadonning funksional o‘zgarishi. 
Balog‘at davriga yetgan 
vaqt da, ovulyatsiya va tuxumdonda sariq tana hosil bo‘lishi bi-
lan bog‘liq holda bachadon shilliq pardasi davriy o‘zgarishlarga 
uchraydi. Taxminan 28 kun davom etadigan havz ko‘rish siklida 
havz ko‘rish, hayz ko‘rgandan keyingi va hayz ko‘rishdan oldin-
gi (sekretsiya fazasi) fazalari tafovut etiladi.
Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa hayz ko‘rish fazasi boshla-
nadi. Bunda bachadon shilliq pardasining yuza funksional qa-
vati ko‘chadi va qon bilan jinsiy yo‘llar orqali tashqariga chiqadi. 
Hayz ko‘rish fazasi 3–5 kun davom etadi.
Hayz ko‘rgandan keyingi faza hayz ko‘rishni 5-kunidan boshlab 
14–15 kungacha davom etadi. Bu davrda bachadonni shilliq parda-
sining funksional qavati uning bazal qavati hisobiga tiklanadi.
Hayz ko‘rishdan oldingi faza hayz ko‘rishni 15-kunidan 28-
kuni gacha davom etadi. Unda qisqa (2–3 kun) nisbatan tinch 
davrda tu xum donda sariq tana hosil bo‘la boshlaydi. Bu faza-
ning keyingi davr larida bachadonning shilliq qavati qalinlashib, 
tuxum hujayra ni qabul qilish va uni joylashtirishga tayyorlana-
di. Homilladorlik dav rida bachadonning o‘lchamlari kattalashib, 
yumaloq shaklni oladi. Bachadon devorida mu shak hujayralar-
ning miqdori oshib, ular ning o‘lchamlari kattalashadi.


296
Bachadondan tashqaridagi homiladorlik. 
Mo‘tadil holatda 
urug‘ langan tuxum hujayrasi naychalar peristaltikasi natijasida 
bachadon bo‘shlig‘iga tushib, homiladorlik boshlanadi.
Bachadondan tashqaridagi homiladorlikda urug‘langan tuxum 
hu jay ra naychada qolib ketadi va naycha homiladorligi boshlana-
di. Homiladorlik, ko‘pincha, bachadon nayining kengaygan qis-
mida, qorin bo‘shlig‘ida, tuxumdonda ham bo‘lishi mumkin. 
Bachadon dan tashqaridagi homiladorlikni
 
sabablari
 
bachadon 
nayini yallig‘lanishi, sklerozi, torayishi, buralib qolishi, o‘sma 
yoki tosh bilan bosilishi hisoblanadi. Homila o‘sishi natijasida 
naycha kengayadi. Lekin, homiladorlikni 4–5 haftasidan keyin 
naycha kengaya olmay yoriladi. Shikastlangan qon tomirlar-
dan qon oqadi. Qon oqishi natijasida kollaps va o‘lim yuz be-
rishi mum kin. Homila, ko‘pincha, o‘ladi, yoki mumifikatsiya, 
kalsifika tsiyaga
 
uchraydi. Infeksiya tush ganda, yiringli so‘rilish 
ham yuz beradi va bu yiringli jarayon peretonitga sabab bo‘ladi. 
Tuxumdon va qorin bo‘shlig‘idagi homilador lik kam uchraydi va 
ko‘pincha, homilani o‘lishi bilan tugallanadi.
Eklampsiya. 
Homiladorlik toksikozini biri bo‘lib, homila-
dorlikni ikkinchi yarmida, tug‘ruq vaqtida yoki tug‘ruqdan keyin 
ham bosh lanishi mumkin. Kasallik, og‘ir talvasa tutishi va hush-
dan ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan eklampsiya o‘lim bi-
lan ham tugallanadi. O‘lganlar jasadini ochganda, jigarni xarak-
terli o‘zgarish lari: jigar kattalashishi, ola-bula bo‘lishi, distro-
fiya va nekroz, qon qu yilishi kuzatiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin