295
burchak antiflexiya hosil qiladi. Goho bachadon orqaga qarab
egilgan holatda (retroversiya, retroflexiya) bo‘ladi.
Qorinparda bachadon bo‘ynini qin qismidan tashqari qism-
lari ni har tomondan o‘raydi. Bachadonning siydik qopchasiga
qaragan yuzasidan qorinparda qovuq-bachadon chuqurchasini
hosil qilib qovuqqa o‘tadi. Bachadonning ichakka qaragan yuza-
sini qoplagan qorinparda qinning orqa devoriga borib to‘g‘ri
ichakning oldingi devoriga to‘g‘ri ichak-bachadon chuqurchasi-
ni (duglas chuqurchasi) hosil qilib o‘tadi. Bachadonning chek-
kalarida uning oldingi va orqa yuzalarini qoplagan qorinparda
o‘zaro birikib, bachadonning keng boylamini
hosil qiladi. Ba-
chadonning keng boylami kichik chanoq yon devoriga yo‘na-
lib, parietal qorinpardaga o‘tib ketadi. Bachadon ning yumaloq
boylami bachadonning yuqori burchagidan boshlanib, y umaloq
tizimcha shaklida bachadonning keng boylami varaqlari ichi-
da chov kanalining ichki teshigiga yo‘naladi. U chov kanalidan
o‘tib, qov do‘ngi biriktiruvchi to‘qimasiga va katta jinsiy lablar-
ga chati shib ketadi.
Dostları ilə paylaş: