297
biroz orqaga bukilgan bo‘lib, ikki: oldingi va orqa devori
tafovut
qilinadi. Qin oldingi devorining yuqori qismi qovuq tubiga te-
gib tursa, pastki qismi ayollar siydik chiqarish nayi devoriga biri-
kib ketgan. Orqa devorining yuqori qismi qorinparda bilan qop-
lansa, pastki qismi to‘g‘ri ichakning oldingi devoriga tegib tu-
radi. Qin devorlari, odatda, bir-biriga tegib turadi. Ular bacha-
don bo‘ynining qin qismini o‘rab olib, uning atrofida tor y oriq
qin gumbazini hosil qiladi. Qinning orqa devori uzun bo‘lga-
ni uchun gumbazning orqa qismi
oldingi qismidan chuqurroq
bo‘ladi. Qinning pastki uchi qin dahliziga qin teshigi bilan ochi-
ladi. U qizlik pardasi
bilan bekilgan. Qizlik pardasi qin dahlizi-
ni, qin bo‘shlig‘idan ajratib turadi. U yarim oysimon y oki ilma-
teshik plastinka shaklida bo‘ladi. Ba’zida qizlik pardasida teshik
bo‘lmasligi mumkin. Qizlik pardasi yirtilganidan so‘ng, uning
qoldiqla ri – qizlik pardasining etchasi hosil bo‘ladi.
Qin devori uch: tashqi adventitsial qavat
yumshoq biriktiruv-
chi to‘qima, elastik va silliq mushak tolalaridan iborat. O‘rta
mushakli qavat bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishga ega mushak
tutamlaridan iborat. Qinning yuqori qismida mushak qavat ba-
chadon mushak qavatiga o‘tib ketsa, pastki qismida mushak qa-
vati nisbatan kuchli rivojlangan bo‘lib, oraliq mushaklari bilan
qo‘shilib ketadi. Qinning pastki uchini va siydik chiqaruv kanali-
ni o‘ragan ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari o‘ziga xos qisqichni
hosil qiladi. Ichki shilliq parda shilliq osti tana bo‘lmagani uchun
mushak qavatga birikib ketgan. U nisbatan qalin (2 mm) bo‘lib,
qin burmalarini hosil qiladi. Qinning oldingi va orqa devorida
o‘rta chiziqqa yaqin qin burmalari baland lashib burmalarning us-
tunchalarini hosil qiladi. Qinning oldingi devorida joylash gan ol-
dingi burmalarning ustunchalari orqa devordagi ustunchalarga
nisbatan yaxshi bilinadi.
Dostları ilə paylaş: