Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
Shilliq qavat
 
bachadon nayi-
ning bor bo‘ yiga bo‘y lama burmalar
 
hosil qiladi. Bu burmalar ba-
chadon nayining quyg‘ich qismida ko‘proq bo‘ladi. Shilliq parda 
kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, kiprikchalar bachadon-
ga qarab harakat qiladi. Mushakli qavat silliq mushak to‘qima-
dan tuzilgan bo‘lib, tashqi bo‘ylama va ichki halqasimon qavat-
lardan iborat.
Seroz parda osti asosi biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib 
mushak li qavatni seroz pardadan ajratib turadi. Seroz parda qo-
rinpardadan hosil bo‘lgan. Bachadonning keng boylamini bacha-
don nayi bilan tuxumdon tutqichi birikkan joy o‘rtasidagi qismi 
bachadon nayi tutqichi deyiladi.
Bachadon 
(uterus,
 
141-, 142-rasm) toq mushakdan tuzilgan 
a’zo bo‘lib, unda homila rivojlanadi. Bachadon kichik chanoq 
bo‘shlig‘i o‘rtasida qovuqni orqasida, to‘g‘ri ichakni oldida joy-
lashgan. U noksimon shaklda bolib, oldindan orqaga qarab yas-
silashgan bo‘ladi. Bachadonda tubi, tanasi va bo‘yni tafovut qili-
nadi. Bachadon tubi
 
unga bachadon naylari kiradigan chiziqdan 
yuqorida do‘ng shaklida ko‘tarilib turadigan qismi. Uning konus 
shaklidagi o‘rta katta qismi bachadon tanasi pastiga tomon to-
rayib, yumaloq bachadon bo‘yniga o‘tib ketadi. Tananing bo‘yin-
ga o‘tish joyi torayib bachadonning toraymasini hosil qiladi. Ba-
chadon bo‘yni ikki: qin ichiga kirib turgan bachadon bo‘ynining 
qin ichi qismi va bachadon bo‘ynining qin usti qismidan iborat. 
142-rasm. Ayollarning ichki jinsiy a’zolari. Orqa tomondan ko‘rinishi:
1–bachadon nayi; 2–tuxumdon; 3–tuxumdonning xususiy boylami;
4–bachadon tubi; 5–bachadon tanasi; 6–bachadon bo‘shlig‘i; 7–bacha-
don nayining toraygan joyi; 8–bachadon nayining kengaymasi; 9–bachadon 
nayining quyg‘ichi; 10–bachadon nayiga qaragan uchi; 11–bachadonga
qaragan uchi; 12–bachadon bo‘yni;
13–bachadon teshigi; 14–qin; 15–bachadon-
ning keng boylami; 16–bachadonning yuma-
loq boylami; 17–pufaksimon o‘simta;
18–bachadon nayining qorin bo‘shlig‘iga 
ochilgan teshigi; 19–bachadon nayi shokila-
lari; 20–bachadon nayi tutqichi.


294
Uning qin ichi qismida bachadon teshigi bor. Bu teshik tug‘ma-
gan ayollarda yumaloq yoki cho‘zinchoq shaklda, tuq qan ayollar-
da esa ko‘ndalang tirqish shaklida bo‘ladi. Bachadon teshigi ol-
dingi va orqa lablar
 
bilan chegaralanib turadi. Orqa lab yup qa 
bo‘lib, unga qin devori yuqoriroq birikadi. Bachadonning siydik 
qopchasiga qaragan oldingi yuzasi,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin