Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

ENDOKRIN BEZLAR
Chiqaruv nayi bo‘lmay, ishlab chiqargan suyuqligi bevosita 
qonga yoki limfaga quyiladigan bezlar endokrin bezlar deb atala-
di. Endokrin bezlarning faol moddalar ishlab chiqarish va ajratish 
jarayoni ichki sekretsiya, ularning ishlab chiqargan moddasi gor-
monlar deyiladi. Gormonlar biologik faol modda bo‘lib, juda oz 
miqdorda ham organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. 
Gormonlar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, moddalar 
almashinuvini, organizmning taroqqiyoti, o‘sishini boshqarib tu-
radi. Ular organizmda biokimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi hi-
soblanadi. Organizmning o‘sishi, yashashi va taroqqiyotini ta’min-
lash uchun qonda ma’lum miqdorda gormon bo‘lishi kerak. Agar 
gormonlar ko‘p ishlab chiqarilsa – giperfunksiya, agar ular yetish-
masa – gipofunksiya deyiladi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ish-
lab chiqarilsa, organizmda turli xil kasalliklar kelib chiqadi.
Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, 
qalqon oldi, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezining Langengars 
orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya 
qismi kiradi.
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez
(glandula thyroidea)
 
toq a’zo bo‘lib, ichki 
sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir (147-rasm). U bo‘yinning 
oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekir-
dakning yuqorigi III–IV tog‘ay halqalari oldida 
joylashgan. Qalqonsimon bez ikki: o‘ng va chap 
bo‘lakdan iborat. Bo‘laklari o‘zaro tor qalqon-
simon bezning bo‘g‘izi vositasida qo‘shilgan. 
147-rasm. Qalqonsimon bez. Old tomondan ko‘rinishi:
1–qalqonsimon tog‘ay; 2–piramidasimon bo‘lak; 
3–qalqonsimon bezning chap bo‘lagi; 4–qalqonsimon 
bezning bo‘g‘zi; 5–kekirdak; 6–qalqonsimon bezning 
o‘ng bo‘lagi.


327
30 % holatda uning bo‘ g‘izidan yuqoriga qarab piramidasimon 
bo‘lak
 
joylashadi. Qalqonsimon bezning ko‘ndalang o‘lchami 
katta yoshdagi odamlarda 50–60 mm, uning bo‘laklarining ba-
landligi 50 mm atrofida bo‘ladi. Qalqonsimon bez bo‘laklarining 
orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo‘ngach ning 
boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Uning bo‘g‘zining balandligi 
5–15 mm, qalinli gi 6–8 mm bo‘lib, kekirdakning II–III to g‘ay 
halqalari sohasida joylashadi.
Bezning og‘irligi 30–50 g. Qalqon simon bezning og‘irligi ayol-
larda erkaklarga nisbatan katta bo‘lib, u tashqi tomondan hiqildoq 
va kekirdakka birikkan fibroz g‘ilof
 
bilan o‘ralgan. Undan bez 
ichiga trabekulalar kirib, bezni bo‘laklarga ajratadi. Bez bo‘lakla-
rining ichi qalqon simon bezning tarkibiy-vazifaviy birligi-folliku-
lalardan iborat. Follikulalarning devori bir qavatli epiteliy bilan 
qoplangan bo‘lib, o‘lchamlari 25 dan 300–500 mkm gacha. Uning 
bo‘shlig‘ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq oqsillar-
ga boy kolloid modda bo‘ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon 
plazmasidagidan 300 marta ko‘p.
Mo‘tadil holatda qalqonsimon bez 80 % tiroksin va 20 % 
triyodo tironin ishlab chiqaradi. Har kuni uning gormonlari tarki-
bida 0,3 mg gacha yod ajratiladi. 
Qalqonsimon bez gormonlarining ta’siri ko‘p qirrali. Ular or-
ganizm dagi asosiy modda almashinuviga ta’sir qilib issiqlik al-
mashinuvini, oqsil, yog‘, uglevodlar sarflanishini kuchaytiradi. 
Kaliy va suv ni organizm dan chiqishini, organizmning o‘sishini 
boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizi-
mi faoliyatini kuchaytiradi.
Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari tar-
kibida yod bo‘lmagan gormon – kalsitoninni ishlab chiqaradi. U 
qondagi kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to‘planishi-
ni ta’minlaydi va paratireoidinga antogonist bo‘ladi. Bu gormon, 
shuningdek, hazm bezlari faoliyatini pasaytiradi.
Qalqonsimon bez gormonlari bolaning o‘sishida, jismoniy va 
psixik taroqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega. Bez gipofunksiya-
si – gipotireoz da bolalar o‘sishi, jinsiy taroqqiyoti to‘xtaydi, tana 
qismlarining proporsiyasi buziladi, aqliy rivojlanish orqada qo-
lishi kreti nizm xastaligigacha olib boradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin