330
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda bez og‘irligi nisbatan katta bo‘lib,
o‘rtacha 13,3 g bo‘ladi. Bola hayotining birinchi uch yilida ayri-
simon bez juda tez o‘sadi. Keyingi davrlarda uning o‘sishi bir te-
kis bo‘lib, balog‘at dav rida eng katta og‘irlikka (37 g) ega bo‘ladi.
Balog‘at dav ridan so‘ng ayrisimon bez og‘irligi kamaya boradi va
70–75 yoshlarda 6 g bo‘ladi.
Ayrisimon bez yoshga qarab o‘zgargan vaqtda butunlay yo‘qo-
lib ketmay, to‘sh suyagi orqasida yog‘ to‘qimasi bilan o‘ral gan
bez orolchalari shaklida qoladi.
Mabodo bolada bez erta yo‘qola
boshlasa, bolaning psixikasi va
taroqqiyoti buzilib, miasteniya va ataksiya belgilari paydo bo‘ladi.
Agar bez kattalashib ketsa, limfa tugunlari ham kattalashib,
bolada
immunitet pasayadi, jinsiy taroqqiyoti sekinlashadi. Un-
da ayri simon bez yaxshi taroqqiy etmagan bo‘lsa, limfopeniya
bo‘lib, immun tanalarni hosil bo‘lishi kamayadi. Chaqaloqlarda
bezning kattalashuvi – timomegaliya, oxirgi yillarda ko‘p
uchray-
di. Bunda chaqaloqlar tez o‘sib yetiladi, gavda og‘irligi normadan
oshib ketadi. Lekin bola bo‘sh, xomsemiz bo‘lib qoladi. Boshi-
ni
ushlay olmaydi, oyoqqa tayanmaydi, o‘tira olmaydi, kasallikga
beriluvchan bo‘lib qoladi, arzimagan shomollashdan o‘lib qoladi.
Bunday bolalarga uch yoshgacha emlamalar ham qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: