Anatomiya 2014. indd


Gigantizm va akromegaliya



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Gigantizm va akromegaliya. 
Bola organizmida o‘sish gormo-
ni ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘ydorlik kuzatiladi. Bunda erkaklar-


333
ning bo‘yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Gipofizar gi-
gantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo‘llari nisbati buzil-
magan holda kattalashadi. Skelet mushaklari, ichki a’zolar ham 
ko‘pincha, yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizm o‘sish davri 30 
yoshgacha boradi.
Kattalarda gipofiz ko‘p miqdorda o‘sish gormoni ishlab chi-
qarsa, akromegaliya xastaligi ro‘y beradi. Bunda suyaklar va 
yumshoq to‘qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i, 
oyoq-qo‘llari kattalashadi. Gipofizar novchalarda va akrome-
galiya bilan og‘rigan odamlarda boshqa ichki sekretsiya bezlari 
faoliyati ham buziladi: jinsiy bezlar faoliyati sustlashadi, insulin 
kam miqdorda ishlab chiqarilishi oqibatida qandli diabet belgila-
ri paydo bo‘ladi.
Epifiz
Epifiz
yoki g‘urrasimon bez (glandula pinealis) cho‘zinchoq 
yoki sharsimon shakllarda uchraydi. U oraliq miyaning epitala-
musi tarkibiga kirib, to‘rt tepalikning ustki tepachalari o‘rtasida 
yotadi. Uning og‘irligi katta odamlarda 0,2 g, uzunligi 8–15 mm 
bo‘ladi. Tashqi tomondan biriktiruv chi to‘qimali g‘ilof bilan o‘ral-
gan bo‘lib, undan g‘urrasimon bez ichiga trabekulalar kirib, bez-
ni bo‘laklarga bo‘ladi. Bez parenximasi tarkibini ko‘p sonli ixtisos-
lashgan bez hujayralari – pinealositlar va kamroq glial hujayrala-
ri hosil qiladi. Uning hujayralari balog‘at davrigacha gipofiz fao-
liyatini tormozlovchi va modda almashuvini boshqarishda ishtirok 
etadigan modda ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda – serotonin va mela-
tonin hosil bo‘lishi aniqlangan. Serotonin arteriyalarni torayti-
rib, mediator vazifasini bajaradi. Melatonin esa jinsiy bezlar ta-
roqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning 
buzilishi bolalarda erta jinsiy balog‘atga yetishga olib keladi.
Ichki sekretsiya bezlarining gormonlari hosil bo‘lishi va ajra-
lishi murakkab neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. Gormonal 
tekislikni saq lashda oraliq miyaning gipotalamik qismi asosiy rol-
ni o‘ynaydi. Gipotalamus va gipofiz gipotalamo-gipofizar tizim 
deb atalgan funksional maj mua hosil qiladi. U organizmning bar-
cha vegitativ faoliyatlarini boshqarish va organizmning ichki mu-
hitini – gomeostazni saq lab turishda ahamiyatga ega.


334
Gipotalamus endokrin bezlarga pastga tushuvchi nerv yo‘llari, 
yoki gipofiz (gumoral yo‘l) orqali ta’sir qiladi. Gipotalamusning 
neyrosekretor hujayralarida neyrogormonlar oksitotsin va vaso-
pressin, shuningdek, rilizing omillar deb ataluvchi alohida gor-
monlar hosil bo‘ladi. Bunday moddalarning hosil bo‘lishi ney-
rosekretsiya deb ataladi. Adenogipofizda qon aylanishning xusu-
siyatlariga bog‘liq ravish da rilizing omillar portal tomirlar orqa-
li qon bilan gipofizning oldingi bo‘lagiga kiradi va uning hujay-
ralarini yuvib qalqonsimon, jinsiy, buyrak usti bezlari faoliyati-
ni boshqaruvchi trop gormonlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi y oki 
pasaytiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin