Anatomiya 2014. indd


Buyrak usti bezi patologiyasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Buyrak usti bezi patologiyasi.
Bezni gipofunksiyasida bron-
za yoki Adisson kasalligi rivojlanadi. Bunda odam tez charchab, 


336
holsizlanib qoladi, mushaklar bo‘shashib ketadi. Bemor jismoniy 
mehnat qila olmaydi, tez ozib ketadi. Terisi qorayib, bronza ran-
giga kiradi.
Bezni giperfunksiyasida jinsiy bezlar faoliyati kuchayib, osmir-
lar tez balog‘atga yetadi.
Oshqozon osti bezining endokrin qismi
Oshqozon
 
osti bezining endokrin qismi bez bo‘laklari o‘rta-
sida joylashgan
 
epiteliy hujayralaridan tashkil topgan pankreatik 
(Langergans)
 
orolchalaridan
 
iborat. Ular bezning ekzokrin qis-
midan biriktiruvchi to‘qi mali qatlamlar vositasida ajralgan. Orol-
chalar bezning dum qismida ko‘p bo‘ladi. Bu orolchalarning so-
ni 1 mln ga yaqin, kattaligi 0,1–0,3 mm bo‘lib, umumiy massa-
si bez og‘irligining 1–2 %ini tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar 
α
va 
β
hujayralardan iborat.
β
hujayralar insulin gormoni ishlab 
chiqaradi. Uning ta’si rida qonda qand moddasi kamayib jigar va 
mushaklarda glikogen holida to‘planadi. U glukozadan yog‘ hosil 
bo‘lishini kuchaytirib, yog‘ning parchalanishini sekinlatadi. In-
sulin oqsil hosil bo‘lishini faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi 
qandli diabet kasalligiga olib keladi. 
α
hujayralar glukagon gor-
moni ishlab chiqaradi. Glukagon gormoni ta’sirida jigarda gliko-
gen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda 
qand miqdorining oshishiga, giperglikemiyaga olib keladi. Un-
dan tashqari glukagon yog‘ni yog‘ to‘qimasiga parchalanishini 
kuchaytiradi.
Qandli diabet. 
Kasallik oshqozon osti bezining insulin gor-
monini kamayishi natijasida kelib chiqadi. Bunda qonda gluko-
za ko‘payishi xarakterli bo‘lib, u mo‘tadil holatdagi (4,44–6,66 
mmol)dan 22 mmol gacha va undan ortiq darajaga ortadi. Bu 
holatni giperglikemiya deyiladi. Giperglikemiyada, ortiqcha qand 
siydikka o‘tadi va qand siyish glukozuriya – qandli diabet kasal-
ligi kelib chiqadi. Bunda moddalar almashinuvi, ayniqsa, uglevod 
almashinuvi buziladi, qon-tomirlar shikastlanadi – 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin