Anatomiya 2014. indd


Jinsiy bezlar patologiyasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Jinsiy bezlar patologiyasi. 
Erkaklarda gormonal buzilishda 
ayollarga o‘xshash erkaklar paydo bo‘ladi: ovozi ingichka, soqol-
mo‘y lovlari bo‘lmaydi, qo‘l-oyoqlarda junlar kam bo‘lib, ayollar-
ga o‘x shab yuradi. 
Ayollarda gormonal buzilishda estrogenlar kamayib, androgen-
lar ko‘payadi va erkaklarga o‘xshash ayollar paydo bo‘ladi: ovo-


338
zi do‘ rillab qoladi, soqol-mo‘ylovlar paydo bo‘ladi, qo‘l-oyoqlarda 
junlar ko‘payadi va erkaklarga o‘xshab yuradi. 
ORGANIZMNING ICHKI MUHITI HAQIDA TUSHUNCHA
Qon, limfa va to‘qimalararo suyuqlik organizmning ichki mu-
hiti hi soblanadi. Ular organizmni himoya va trofik vazifasini ba-
jaradi. Beto‘xtov o‘zgarib turuvchi tashqi muhitdan farqli ra-
vishda organizm ning ichki muhiti o‘z tarkibi va fizik-kimyoviy 
xususiyatlari jihatidan doimiy.
Qon
Qon organizmning ichki muhiti bo‘lib, plazma va unda mual-
laq joylashgan shaklli elementlardan iborat. Qon, uning tarkibini 
doimiyligini saqlash uchun kerak sharoit bo‘lgan, yopiq yurak-
qon tomirlar tizimida aylanadi. Qon doimiy harakatda bo‘lib, 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) organizm bo‘ylab oziqa modda-
larni tashiydi; 2) a’zolarda hosil bo‘lgan parchalanish mahsulot-
larini ayiruv a’zolariga olib boradi; 3) kislorodni to‘qimalarga va 
karbonat angidridni o‘pkaga olib borib, gaz almashinuvida ishti-
rok etadi; 4) t
а
na haroratini doimiyligini qo‘llab turadi; 5) fao-
liyatlarni gumoral boshqa rishda ishtirok etadi; 6) himoya vazifa-
sini bajaradi. Qon immunitetda asosiy rol o‘ynaydi.
Т
ana og‘irligi o‘rtacha 70 kg bo‘lgan odamda 5 litrga yaqin 
qon bo‘ lib, tana vaznining 6–8 %ini tashkil qiladi. Qon sarg‘im-
tir suyuq qismi – plazma va undagi muallaq shaklli elementlar: 
qonga qizil rang beruv chi qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq 
qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalaridan (trombo-
sitlar) iborat. Shaklli elementlar qon hajmining 45 %ini, plaz-
ma esa 55 %ini tashkil qiladi. Qonning nisbiy zichligi 1,050–
1,060, plazmaniki 1,025–1,034, eritrositlarniki 1,090. Agar suv-
ning yopish qoqligini 1 deb olsak, plaz maning yopishqoqligi 1,7–
2,2; qonniki 5,0 atrofida.
Molekula va ionlarning yig‘indisi bilan hosil qilingan qon-
ning osmatik bosimi 7,6 atm.b.ga teng. U, asosan, tuzlar (60 %ga 
yaqini NaCl) hisobiga hosil bo‘ladi. Qonning hujayralarda suv-
ni doimiy saqlab turish uchun kerak bo‘lgan osmatik bosimi doi-
miy. Osmatik bosimni o‘zgarishi qonni shaklli elementlarini 


339
o‘zgarishiga olib keladi. Qon reaksiyalarini doimiyligi gidrooksil 
(
ОН

) va (
Н
+
) ionlarini bog‘lab olishi mumkin bo‘lgan bufer ti-
zimi qo‘llab turadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin