Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Leykositlar formulasi
Leykositlar 1 mkl qonda
Eozinofillar
%
Bazofillar
%
Neytrofillar %
Limfositlar
%
Monositlar
%
O‘smir
Tayoqcha
yadroli
Segment yadroli
4000–6000
1–4
0–1
0–1
2–5
55–68 25–30
6–8
Leykositlar suyak iligi o‘zak hujayralarida rivojlanadi. Ular 
8–12 kun yashaydi. Sog‘ odamning turli xil leykositlarining foizi 
nisbati qonda nisbatan doimiy va leykositar formula deyiladi.
Ba’zi kasalliklarda leykositlarning ayrim turlarining miqdor 
foizi o‘z 
garadi. Leykositlarning vazifasi organizmning biolo-
gik himoya qilish – immunitet, ya’ni infeksiya va yot moddalarga 
qarshiligini oshirish.
Neytrofil va monositlar organizmga tashqaridan tushgan mikro-
organizmlarni fagositoz qiladi.
Trombositlar (qon plastinkalari) rangsiz, yumaloq yadrosi yo‘q 
tanachalardan iborat. Ularning diametri 2–3 mkm, yashash mud-
dati 4 kun atrofida. Ular ham suyak iligida hosil bo‘lib, miqdo-
ri 1 mkl qonda 300 000 yaqin. Trombositlarning o‘ziga xos xusu-
siyatlari ularning yot yuzalarga yopishish va o‘zaro yopishishidir. 
Bunda, ular qon ivituvchi modda chiqarib, parchalanib ketadi.
Qonning ivishi. 
Qonning ivishi
 
organizmning himoya reak-
siyasidir. Qon tomirlar shikastlanganda, qon suyuq holatdan jele-
simon holatga o‘tadi. Hosil bo‘lgan qon lahtasi tomirning shikast-
langan joyini berkitib ko‘p qon oqishni oldini oladi.
Qonning ivishi qon plazmasidagi eruvchi oqsilni erimaydigan 
fib ringa aylanishiga bog‘liq. Bunda fibrinning ingichka ipchalari 
hosil bo‘lib, ularning to‘rida qon hujayralari va qonning suyuq qis-
mi ushlab qolinadi. Qonning ivishida qon plazmasida bo‘lgan 13 
faktor, shuningdek, shikastlangan to‘qima va parchalangan trom-
bositlardan chiqqan moddalar ishtirok etadi. Qonning ivishiga olib 
keluv chi moddalarning o‘zaro ta’siri uch bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqichda trombositlar va to‘qima hujayralaridan 
tromboplastinni o‘tmishdoshi
ajralib chiqib, qon plazmasi fak-
torlari bilan birgalashib, faol tromboplastinga aylanadi. Uning 
hosil bo‘lishi uchun 
Са
++
va plazmaning ko‘p faktorlari, xusu-


342
san, globulin akselratori va antigemofilik omil kerak. Antigemo-
filik omil kamayib ketsa yoki yo‘q bo‘lsa, qonning ivishi pasaya-
di. Bunday kasal gemofiliya deyilib, bunda tishni olganda ham 
o‘limga olib keluvchi qon oqishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda tromboplastin ishtirokida protrombin faol 
ferment trombinga aylanadi. Protronbin plazma oqsili bo‘lib, ji-
garda hosil bo‘ladi. Uning sintezi uchun ichakdan o‘t ishtirokida 
so‘rilgan K vitamini zarur bo‘ladi. Agar chiqarilgan qonga natriy 
sitrat eritmasi quyilsa, u 
Са
++
ni bog‘lab oladi va tromboplastin-
dan trombin hosil bo‘lmaydi, natijada qon ivimaydi. Bunday qon 
stabillashgan
qon deyilib, u saqlanganda ivimaydi.
Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan trombin ta’siri ostida plaz-
maning eruvchan oqsili fibrinogen erimaydigan fibringa ayla-
nib, ingichka ipchalarning zich to‘ri shaklida tushadi. Fibrin olib 
tash langanidan keyin qon ivish xususiyatini yo‘qotadi. Uni fib-
rinsizlantirilgan qon deyilib, u quyishga yaramaydi.
Tomirdan chiqqan qon 3–4 minutdan keyin iviydi. 5–6 minut-
dan keyin esa zich lahtaga aylanadi. Qonning ivituvchi tizimi qon 
yo‘qotishning oldini olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qon-
ning tomirlar ichida ivishi og‘ir asoratlarga (tromboflebit, in-
farkt) olib kelishi mumkin. Bunday holatlardan saqlanish uchun 
ikkinchi qon ivishiga qarshi tizim bor bo‘lib, u qonni tomirlar 
ichida ivishi jarayoniga qarshilik qiladi. Jigarda va o‘pkada qon 
ivishiga qarshi modda-geparin hosil bo‘lib, u trombinni faolligini 
pasaytiradi. Qonda hosil bo‘lgan fibrinni eritish qobiliyatiga ega 
uchinchi tizim ham bor. Tromb qon tomirni berkitib, qon oqishi-
ni to‘xtatganidan keyin u yo‘qolishi kerak, chunki u yarani bi-
tishiga halaqit beradi. Bu sharoit da qon plazmasida paydo bo‘lgan 
plazmin hosil bo‘lgan trombni eritishi mumkin.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin