Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

angiopatiya,
nerv tizimida – 
neyropatiya 
va boshqa a’zolarda ham o‘zgarish-
lar kuzatiladi. Kasallikda bemor ko‘p suv ichadi – polidipsiya, 
ko‘p ovqat yeydi – 
polifagiya 
va ko‘p siyadi – 
poliuriya.
 
Bun-
dan tashqari
 
teridagi yaralar uzoq tuzalmaydi. Be mor bo‘shashib, 
ozib ketadi, og‘zi quriydi. Asta-sekin ichki a’zolarda o‘zgarishlar 


337
paydo bo‘ladi: jigarda gepatoz, buyraklarda pielonefrit, oshqo-
zon osti bezida pankreatit, ko‘z gavharining kataraktasi, yurakda 
infarkt, suyaklarda gangrena, miyada insult va boshqalar bo‘lishi 
mumkun.
Qandli diabet 2 xil: 1-insulinga ehtiyojli; 2-insulinga ehtiyoj-
siz shakllarda uchraydi. 1-turi
 
yoshlarda uchraydi. 2-turi 40–45 
yosh dan boshlanadi.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralar-
dan tash qari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu 
gormon lar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi. 
Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o‘rta-
sidagi qon va limfa kapillyarlari yonidagi interstitsial to‘qimada 
joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayra-
lar erkaklar jinsiy gormo ni – testosteron ishlab chiqaradi. Bun-
dan tashqari kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz 
miq dorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. An-
drogenlar jigar, buyrak va ayniqsa, mu shaklarda oqsil moddalar 
sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi.
Erkaklarning jinsiy gormoni-androgenlarni homila davrida 
o‘sa yot gan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tash-
qi jinsiy a’zolarining takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy 
naylarining o‘sishini to‘xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tu-
xum don interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va 
oz miq dorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa proges-
teron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari, asosan, qiz 
bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi.
Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taroqqiyoti va 
o‘si shiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taroqqiyo-
tiga ta’sir qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin