Gemoglabin. Eritrositlar tarkibiga qon pigmenti gemogla-
bin kiradi. Gemoglabin globin oqsili va tarkibida temir moddasi
bo‘lgan oqsilsiz birikma – gemdan iborat. Mo‘tadil holatda, qon-
da 140 g/l (14 g %) yaqin gemoglabin bo‘ladi. Erkaklarda 130–
155 g/l (13,0–15,5 g %), ayollarda 120–138 g/l (12–13,8 g %).
Gemoglabinning asosiy vazifasi
О
2
va
СО
2
ni tashish hamda qon-
ning doimiy reaksiyasini saqlab turishda qatnashuv chi asosiy bu-
ferdir.
Leykositlar . Leykositlar eritrositlardan yadrosi borligi va fa-
ol amyo basimon harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi. Ular
qon tarkibidan chiqishi va orqaga qaytishi mumkin. Leykosit-
larning miq dori 1 mkl qonda 6000–8000. Bu miqdor sutka da-
vomida juda o‘z garib turadi. Leykositlar ertalab och qoringa
kam bo‘lib, ovqatlangandan keyin, jismoniy ish bajarganda va
kuch li hayajonlanganda, ularning miqdori ko‘payadi. Leykosit-
lat kattaligi, yadrosi shakli, sitoplazmasi xususiyati va faoliyati-
ga qarab turlicha bo‘ladi. Ularning diametri 6 dan 25 mkm ga-
cha. Leykositlarning besh turi: eozinofillar (1–4 %), bazofillar
(0–0,5 %), neytrofillar (60–70 %), limfositlar (25–30 %) va
monositlar (6–8 %) tafovut qilinadi. Sitoplazmasida donacha-
larning bo‘lishiga qarab leykositlar donachali (granulositlar) va
donachasizlarga (aganulositlar) bo‘linadi. Donachalilarga ney-
trofillar, eozinofillar va bazofillar kirib, ularning sitoplazmasi-
da turli bo‘yovchilar bilan bo‘yaladigan ko‘p sonli donachalari
bo‘ladi. Donachalarda yot moddalarning hujayra ichi h azm ja-
rayoni uchun zarur fermentlar bor. Granulositlarning yad rosi
o‘zaro ipchalar bilan birikkan 2–5 qism ga bo‘lingani uchun seg-
menyadroli leykositlar deyiladi. Neytrofillarning tayoqsimon
shakldagi yadroli yosh shakllari tayoqcha yad roli, yadrochasi
oval shakldagisi esa o‘smir deyiladi.
А
granulositlarga limfosit va monositlar kiradi. Limfositlar
leykositlarning eng kichigi bo‘lib, ingichka halqa shaklidagi si-
toplazma bilan o‘ralgan katta yumaloq yadrosi bo‘ladi. Eng kat-
ta agranulosit-monositlar loviyasimon yoki oval shaklidagi yadro-
ga ega.