393
vojlangan pastki kavak vena burmasining ahamiyati katta. Chap
bo‘lmachadan qon chap qorinchaga, so‘ngra aorta bo‘ylab orga-
nizmga tarqaladi.
Homila tanasining yuqori qismidan
kelayotgan vena qoni yuqori
kavak vena orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Undan o‘ng bo‘lma-
cha va qorinchalar orasidagi teshik orqali o‘ng qorinchaga o‘tadi.
O‘ng qorinchadan o‘pka poyasiga chiqqan qon o‘pka arteriyalari va
o‘pka yaxshi taroqqiy etmagani uchun yirik arteriya (Batal) nayi or-
qali aortaga o‘tadi. Buning natijasida aortadagi aralash qonga vena
qonning yangi qismi qo‘shiladi. Bu ikki
marotaba aralashgan qon
tana devorlari, a’zolarga va oyoqlarga boradi. Tananing yuqori qis-
miga boruvchi qon tomirlar aorta ravog‘idan chiqqani uchun ularga
kislorod va oziqa
moddalarga boyroq qon boradi, shuning uchun bu
sohalar homilada nisbatan yaxshi rivojlanadi. Aortadagi aralash qon
ichki yonbosh arteriyalar orqali kindik arteriyasiga o‘tadi va yo‘l-
doshga yo‘naladi.
Bola tug‘ilganidan so‘ng birinchi chinqiriq bilan uning o‘pka-
si kengayib, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Boylangan kindik venasi bo‘shab
jigarning yumaloq boylamiga,
Dostları ilə paylaş: