Refleksning retseptiv maydoni
. Har bir refleksni faqat ma’lum
re tseptiv maydondan chaqirish mumkin. Ta’sirlanganda refleks
chaqi riladigan anatomik soha, refleksning retseptiv maydoni
deyiladi. Masalan qorachiqni toraytiruvchi refleks to‘r parda-
ga yorug‘lik tushganda, tizza ref leksi – payga tizza qopqog‘idan
pastroqqa yengil urganda chaqiriladi.
Nerv markazi
. Har bir refleks MNTda uni chaqirish uchun
kerak ma’lum bir sohaga ega. Bu soha buzilganida refleks yo‘qo-
ladi. Refleksni aniq boshqarish uchun, albatta, MNTning oliy
qismi bosh miya po‘stlog‘ining ishtiroki zarur. Nerv faoliyatining
to‘liq ligi MNT bir butun bo‘lganidagina saqlanadi. Nerv mar-
kazi deb MNT ning ma’lum sohalarida joylashgan, refleksni ho-
sil qilish va uni boshqarish uchun kerak nerv hujayralari to‘pla-
miga aytiladi. Agar hayvonda bosh miya yarimshari po‘stlog‘ini
olib tashlasa, nafas olish saqlanadi, chunki birlamchi nafas mar-
kazi uzunchoq miyada joy lashgan. Ammo ish vaqtida o‘pka ven-
tilatsiyasi organizmni kislorodga bo‘lgan talabiga mos kelmaydi,
417
chunki nafas markazini nozik boshqarish uchun miya so‘g‘onigi-
na emas, balki yarimsharlar po‘stlog‘i ham zarur.
Reflekslarni tasniflanishi
. Reflekslarning quyidagi turlari ta-
fovut qilinadi.
1. Biologik ahamiyatiga ko‘ra: ovqatlanish, vaziyatni chama-
lash, mudofaa, jinsiy.
2. Refleks hosil bo‘ladigan retseptorlar turiga qarab reflekslar:
ekstratseptiv
– tashqi muhit ta’sirini qabul qiluvchi retseptor-
lar dan ta’sirotni qabul qiluvchi: yorig‘lik, tovush, ta’m bilish,
tak til va boshqalar;
interotseptiv
– ichki a’zolardan hosil bo‘luv-
chi: ichki a’zolar va qon tomirlarining mexano, termo, osmo va
xemoretseptorlaridan ta’sirotni qabul qiluvchi va
propriotseptiv
–
mushak, pay, boylamlarda joylashgan retseptorlardan ta’sirotni
qabul qiluvchi ref lekslarga bo‘linadi.
3. Javob qaytarishda ishtirok etayotgan ishchi a’zoga qarab
ref lekslar harakatlantiruvchi, sekretor, qon tomirlar reflekslari-
ga bo‘ linadi.
4. Refleksni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi MNT mar-
kazlariga qarab: spinal (siyish, defekatsiya); bulbar – uzunchoq
miyada (yo‘tal, aksirish, qayt qilish); mezentsefal (tanani to‘g‘ri-
lash, yurish); dientsefal (issiqlik almashinuvi); po‘stloq – shart-
li ref lekslar.
5. Davomiyligiga qarab bosqichli va tonik reflekslar tafovut qi-
linadi. Tonik reflekslar uzoq, soatlab davom etadi (tik turish re-
fleksi). Mu shaklarning uzoq vaqt qisqarishi tanani ma’lum bir ho-
latda tutadi, uning asosida boshqa barcha harakatlarni ta’minlov-
chi qisqa bosqichli reflekslar o‘ynab turadi.
6. Murakkabligiga qarab oddiy va murakkab reflekslar tafo vut
qilinadi. Oddiy reflekslarga qorong‘ilikka qorachiqni kenga yishi,
payni urganda oyoqning yozilishi kiradi. Murakkab refleks larda
bitta pefleksning oxiri boshqasini kelib chiqishiga qo‘zg‘atuv chi
bo‘lib xizmat qiladi. Bunda reflekslar zanjiri paydo bo‘ladi. Mu-
rakkab reflekslarga yurak-qon tomirlar tizimini boshqarilishi va
hazm jarayoni misol bo‘lishi mumkin.
7. Effektor innervatsiya prinsiplariga asosan reflekslarni so-
matik (skelet mushaklari harakatini ta’minlovchi) va avtonomga
(ichki a’zolar faoliyatini ta’minlovchi) bo‘lish mumkin.
8. Reflekslar tug‘ma yoki hayot davomida orttirilganligiga
ko‘ra, I.P. Pavlov ularni shartsiz (tug‘ma) va shartli (orttirilgan)
reflekslarga aj ratadi.
|