429
186-rasm. Uzinchoq miyaning ko‘ndalang kesimi:
1–yakka tutam o‘zagi; 2–miyachaning pastki oyo-
qchasi; 3–uch shoxli nervning orqa miyadagi o‘za-
gi; 4–ikki nervga qarashli umumiy o‘zak;
5–oliva o‘zagi; 6–til osti nervi; 7–medial qovuz-
loq; 8–uzunchoq
miyaning piramidasi; 9–
tashqi
ravoqsimon tolalar; 10–ichki ravoqsimon tolalar;
11–qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l;
12–ponasimon o‘zak; 13–adashgan nervning orqa o‘zagi; 14–til osti nervi-
ning o‘zagi; 15–medial bo‘ylama tutam.
Nozik dasta do‘mbog‘i ichki, ponasimon dasta do‘mbog‘i tashqi
tomonda joylashadi.
Uzunchoq miya kesmasida (186-rasm) u oq va kulrang mod-
dalar to‘p lamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada IX–XII juft
bosh miya nerv lari o‘zaklari va to‘rsimon formatsiya joylashgan.
To‘rsimon formatsiya to‘r kabi chatishib ketgan nerv tolalari ular
o‘rtasida joy lashgan turli kattalikdagi o‘zaklardan iborat.
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun
va qisqa tolalardan ibo-
rat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuv-
chi, harakatlanti ruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa
lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi
orqa miyani miya yarim-
sharlari va miyacha bilan bog‘lov chi sezuvchi yo‘llar joylasha-
di. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib,
qovuzloq kesishmasini hosil qiladi.
Qisqa tolalar kulrang mod-
da o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek, uzunchoq miyani bosh
miya so‘g‘onining qo‘shni qism lari bilan qo‘shib turadi.
Dostları ilə paylaş: