Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

193-rasm. Gipotalamik soha:
1–so‘rg‘ichsimon tana va ko‘ruv bo‘rtig‘i ora-
sidagi tutam; 2–uchinchi qorincha; 3–bo‘rtiq 
ostining orqa sohasi; 4–bo‘rtiq osti sohasining 
qorincha atrofidagi o‘zagi; 5–oldingi periven-
trikulyar o‘zak; 6–bo‘rtiq osti sohasining ora-
liq maydoni; 7– bo‘rtiq osti sohasining oldin-
gi maydoni; 8–ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi o‘zak; 
9–ko‘ruv trakti; 10–ravoqsimon o‘zak; 11–quyg‘ich.


438
Uchinchi qorincha
oraliq miyaning o‘rtasida ingichka sagit-
tal yorig‘ shaklida joylashgan bo‘lib, oltita devori tafovut qilina-
di. Uning tashqi devorini ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi, oldin-
gi devorini tiniq to‘siq
,
gumbaz ustuni va oldingi bitishma ho-
sil qiladi. Gumbaz ustuni bilan ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi qismi 
o‘rtasida qorinchalar orasidagi teshik
 
joylashgan. Uchinchi qo-
rinchaning orqa devorini orqa bitishma va yuganchalar bitishma-
si
 
chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo‘li teshigi yotadi. Or-
qa devorda ikkita chuqurcha: g‘urrasimon bez ustidagi chuqur-
lik
 hamda
g‘urrasimon bez chuqurligi
 
bor. Uchinchi qorincha-
ning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylash-
gan uchinchi qorinchaning tomirli asosi va uni qop lagan epite-
lial qatlam
 
hosil qiladi. Uchinchi qorinchaning pastki devorini 
esa bo‘rtiq osti sohasi hosil qiladi. Bu yerda uchinchi qorincha: 
quyg‘ich botig‘i va suprooptik botiqlik hosil qiladi. 
Oraliq miyaning fiziologiyasi. 
Talamus «sezgi kollektori» deb 
ata ladi, chunki undan hidlov yo‘lidan tashqari, bosh miya yarim-
sharlariga boruvchi barcha afferent yo‘llar o‘tadi. Talamusning 
asosiy vazifasi barcha sezgilarni o‘zaro bog‘lash, turli yo‘nalish-
lardan kelayot gan ma’lumotlarni solishtirish va ularni biologik 
ahamiyatini baholash. Talamus o‘zaklari faoliyat jihatidan ko‘ta-
riluvchi afferent yo‘llar tugaydigan – spetsifik, nospetsifik (to‘r 
formatsiya o‘zaklari) va talamus barcha harakatlantiruvchi po‘st-
loq osti o‘zaklari: targ‘il tana, rangpar shar, gipotalamus, o‘rta va 
uzunchoq miya o‘zaklari bilan bog‘langan assotsiativ o‘zaklarga 
bo‘linadi. Odamda o‘ziga xos mimika, harakatlar va ichki a’zo-
lar faoliyatini o‘zgarishi bilan kechadigan hissiyot o‘zgarishlarida 
talamus ma’lum rol o‘ynaydi. Hissiyot reaksiyalarida arterial bo-
sim ko‘tariladi, puls, nafas olish tezla shadi, qorachiq kengayadi. 
Klinikada talamusni buzilishi qattiq bosh og‘rishi, uyquning buzi-
lishi, sezuvchanlikni buzilishi, harakat aniqligini yo‘qolishi, turli 
xil ixtiyordan tashqari harakatlar paydo bo‘lishi belgilari bilan na-
moyon bo‘ladi.
Gipotalamus nerv tizimining oliy avtonom markazi hisobla-
nadi. Unda avtonom faoliyatlarni boshqaruvchi, organizmning 
ichki muhitini doimiyligini ta’minlovchi, shuningdek, yog‘, oq-
sil, uglevod, suv va mineral moddalar almashinuvini markazla-
ri joylashadi. Gipotalamusni oldingi qismini ta’sirlaganda para-
simpatik effektlar: ichak harakatini kuchayuvchi, hazm shirala-


439
rini ajralishi, yurak qisqarishi ni sekinlashuvi va boshqalar; or-
qa qismini ta’sirlaganda esa simpatik effektlar: yurak urishini 
tezla shuvi, qon tomirlarni torayishi, tana haroratini oshishi va 
bosh qalar kelib chiqadi. Bu gipotalamusni olgingi qismlarida pa-
rasimpatik, orqa qismida esa simpatik markazlar joy lashganini 
ko‘rsatadi.
Gipotalamusda qon haroratini (termopetseptorlar), osmatik 
bo sim ni (os moretseptorlar) va qon tarkibini (glukoretseptorlar) 
o‘zgarishini se zuvchi retseptorlar bor. Retseptorlardan organizm-
ning ichki muhiti ni doi miyligini – gomeostazni ta’minlab tu-
ruvchi reflekslar paydo bo‘ ladi. «Och» qon glukoretseptorlarni 
ta’sirlab, ovqatlanish markazini qo‘zg‘atadi, natijada ovqatni qi-
dirishga va qabul qilishga yo‘nalgan ov qat lanish reaksiyalari pay-
do bo‘ladi.
Gipotalamus kasalliklarini tez-tez uchraydigan belgilaridan 
biri ko‘p miqdorda past zichlikdagi siydik ajralishi bilan namoyon 
bo‘ladigan suv va mineral tuzlar almashinuvining buzilishidir. Bu 
kasallik qandsiz diabet deb ataladi.
Bo‘rtiq osti sohasi gipofiz faoliyati bilan bog‘langan. Gipota-
lamusning ko‘ruv bo‘rtig‘i ustidagi va bo‘rtiq osti sohasining qo-
rincha atrofidagi o‘zaklarining yirik neyronlarida vasopressin va 
oksototsin gormonlari hosil bo‘ladi. Bu gormonlar aksonlar or-
qali gipofizning orqa bo‘lagiga tushib, u yerda to‘planadi, keyin 
qonga o‘tadi. Gipotalamus bilan gipofizni oldingi bo‘lagi o‘rta-
sidagi munosabat boshqacha. Gipotalamusni o‘zaklarini o‘ragan 
qon tomirlar gipofizni oldingi bo‘lagiga yetuvchi vena tizimiga 
qo‘shiladi va bu yerda yana kapillyarlarga bo‘linadi. Qon bilan 
gipofizga rilizing-omil o‘tib, gipofiz ni oldingi bo‘lagida gormon-
lar hosil bo‘lishini kuchaytiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin