442
chaning markaziy egati uni ikki bo‘lakka ajratadi. Orqa bo‘lakda
orolchaning uzun pushtasi, oldingi bo‘lakda esa orolchaning kal-
ta pushtalari joylashgan.
Bosh miya yarimsharlarining medial yuzasini hosil qilishda
orolchadan tashqari barcha bo‘laklar ishtirok etadi.
Bu yuzada
joylash gan qadoq tana egati qadoq tanani yarimsharning boshqa
qismlaridan ajratib turadi. Qadoq tana egatiga parallel yo‘nalgan
belbog‘ egati belbog‘ pushtasini chegaralab turadi. Uning ustida
markaziy egatni o‘rab markaz atrofidagi bo‘lakcha yotadi.
Ensa bo‘lagining medial yuzasida tepa-ensa egati bilan o‘tkir
burchak hosil qilib qo‘shilgan pix egati bo‘lib, ular o‘rtasida uch-
burchak shakl da pona, uning oldida joylashgan
qism esa pona oldi
sohasi deyiladi. Pix egati ostida tilsimon pushta joylashgan bo‘lib,
uni past tomondan yonlama egat chegaralaydi.
Yarimsharning ostki yuzasining oldingi qismlarini peshona
bo‘ lagi hosil qiladi. Bu yerda bo‘ylama yoriqqa parallel joylash-
gan hid lov egati bo‘lib, unda hidlov piyozchasi va hidlov yo‘li
yota di. Bo‘ylama yoriq va hidlov egati o‘rtasida to‘g‘ri pushta
joylashgan. Peshona bo‘lagining hid lov
egatidan lateral joylash-
gan sohasi uncha chuqur bo‘lmagan ko‘z kosasi sohasidagi egat-
lar bilan bir nechta shakli va o‘lchamlari o‘zgaruvchan ko‘z ko-
sasi sohasidagi pushtalarga bo‘linadi.
Yarimsharning ostki yuzasini orqa qismida yonlama egat joy-
lash gan. Yonlama egatdan lateral medial ensa-chakka pushtasi
yotadi.
Dostları ilə paylaş: