Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yon qorincha
juft bo‘lib, har bir yarimsharning ichida joy-
lashgan. Yon qorincha bo‘shlig‘i murakkab tuzilishga ega bo‘lib, 
uning qism lari yarimsharning barcha bo‘laklari (orolchadan tash-
qari) ichida joylashgan. Yon qorincha to‘rt qismdan iborat. Uning 
markaziy qismi tepa bo‘lagida, peshona shoxi peshona bo‘lagida, 
ensa shoxi ensa bo‘lagida, chakka shoxi esa chakka bo‘lagida joy-
lashgan.
Yon qorinchaning markaziy qismi gorizontal joylashib, ust to-
mondan qadoq tana tolalari qoplab turadi. Uning tubini dumsi-
mon o‘zakning tanasi va ko‘ruv bo‘rtig‘ining dorsal yuzasi, medial 
devorini esa gumbaz tanasi hosil qiladi.
Yon qorinchaning peshona shoxi pastga va tashqariga qarab 
bukilgan bo‘lib, peshona bo‘lagida joylashgan. Uning medial de-
vorini tiniq to‘siq hosil qiladi. Peshona shoxini lateral va qis-
man pastki devorini dumsimon o‘zakning boshchasi bilan, qolgan 
qism lari esa qadoq tana tolalari bilan chegaralangan.
Yon qorinchaning chakka shoxi chakka bo‘lagi ichida joylash-
gan. Uning lateral, qisman ustki devorini yarimsharning oq mod-
dasi hosil qiladi. Ustki devorini hosil qilishda dumsimon o‘zak-
ning dumi ham ishtirok etadi. Uning medial devorida dengiz oti 
egati botib kirishidan hosil bo‘lgan qavariq – dengiz oti yotadi. 
Uning uchi qalinlashib mayda egatlar bilan bo‘laklarga, dengiz oti 
barmoqlariga bo‘lingan. Pastki shoxning tubida yonlama egatning 
botib kirishidan hosil bo‘lgan yon tomondagi tepacha yotadi.
Yon qorinchaning ensa shoxi ensa bo‘lagiga botib kirib, ham-
ma tomondan oq modda gilam bilan o‘ralgan. Uning ichki de-
vorida, pix egatining botib kirishidan hosil bo‘lgan qush pixi
 


446
joylash gan. Yon qorinchalar oldingi shoxi sohasida joylashgan 
qorinchalararo teshik orqali uchinchi qorinchaga qo‘shiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin