443
bir-biri bilan bog‘laydi va ravoq shaklida bo‘lgani
uchun ravoqsi-
mon tolalar deyiladi. Uzun tolalar yarimsharlarning bo‘laklarini
bir-biri bilan bog‘lab bir nechta tutamni: ustki bo‘ylama, ilgaksi-
mon, belbog‘ va pastki bo‘ylama tutamlarni hosil qiladi.
Komissural tolalar bir yarimshardan ikkinchisiga o‘tadi. Ular
o‘ng va chap yarimshardagi bir xil markazlarni bir-biri bilan bog‘-
laydi. Komissural tolalar uch sohada to‘planib, oldingi bi tishma,
gumbaz va qadoq tanani hosil qiladi.
Oldingi bitishma
tarkibida 2,4–4,16 mln, nerv tolalari bo‘lib,
yarim sharlarning hidlov sohalarini o‘zaro bog‘lab turadi. U ik-
ki qism dan iborat. Oldingi qismi yupqa bo‘lib, hidlov uchburcha-
gi kulrang mod dasini o‘zaro bog‘laydi. Orqa qismi katta bo‘lib,
chakka bo‘lagining oldingi medial qismi po‘stlog‘ini
birlashtirib
turadi.
Qadoq tana
bir yarimshardan ikkinchi yarimsharga o‘tuvchi
ko‘n dalang tolalardan iborat. U qalin bukilgan plastinka shakli-
da bo‘lib, quyidagi qismlari tafovut qilinadi. Uning oldingi qismi
(tizzasi) yarim sharlarning peshona bo‘laklarini o‘zaro bog‘lab tu-
radi. Tizza pastga yo‘nalib, tumshuq hosil qiladi. Qadoq tananing
o‘rta qismi poyasi ikkala yarim sharning tepa va chakka bo‘laklari
po‘stlog‘ini o‘zaro bog‘laydi. Qadoq tananing poyasi orqa tomon-
da
kengayib, qadoq tana kengaymasini hosil qiladi. U yarimshar-
larning ensa bo‘laklari po‘stlog‘ini o‘zaro bog‘laydi. Qadoq tana-
ning tarkibida 200–250 mln nerv tolalari joylashgan.
Gumbaz
qadoq tana ostida yotadi va ikkita ravoqsimon bu-
kilgan tizimchadan iborat. Uning oldingi qismi gumbaz ustunlari
pastga va tashqi tomonga yo‘nalib so‘rg‘ichsimon
tanada tugay-
di. Ular o‘zaro ko‘n dalang gumbaz bitishmasi vositasida birikkan.
Gumbazning o‘rta qismi tanasi orqa tomonga yassi gumbaz oyoq-
chasini hosil qilib gippokampga birikadi. Gumbaz tolalari yarim-
sharning chakka bo‘lagi ni oraliq miya bilan qo‘shadi. Gumbaz us-
tunlari bilan qadoq tana tizzasi va tumshug‘i o‘rtasida yupqa par-
da – tiniq to‘siq tortilgan. U parallel
joylashgan ikki varaq dan
iborat bo‘lib, ichida tiniq suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shlig‘i bor.
Proyeksion tolalar miya po‘stlog‘ini, shu po‘stloqdan pastda
turuv chi qismlar va orqa miya bilan bog‘laydi. Bu tolalar faoliya-
tiga ko‘ra ikki guruhga:
1) afferent (sezuvchi) impulslarni tashqi va ichki muhitdan
miya po‘stlog‘iga olib keluvchi.
444
2) efferent (harakatlantiruvchi) impulslarni miya po‘stlog‘idan
ish chi a’zolarga olib boruvchi tolalarga bo‘linadi. Proyeksion tolalar
assotsiativ va komissural tolalar bilan birikib ketgan bo‘lib,
faqat ich-
ki g‘ilof sohasida ulardan ajraladi.
Ichki g‘ilof burchak hosil qilib bukilgan oq moddadan iborat
keng qatlam. Uni lateral tomondan yasmiqsimon o‘zak chegarala-
sa, medial tomondan dumsimon o‘zakning boshchasi (oldinda) va
ko‘ruv bo‘rtig‘i (orqada) chegaralaydi. U uch qismdan: ichki g‘ilo-
fining oldingi oyoqchasi dumli o‘zak boshchasi bilan yasmiqsimon
o‘zak o‘rtasida, orqa oyoqchasi yasmiqsimon o‘zak bilan ko‘ruv
bo‘rtig‘i o‘rtasida joylashgan. Bu ikki qismning o‘zaro qo‘shilgan joyi
ichki g‘ilofning tizzasi deyiladi. Ichki g‘ilof barcha proyeksion tola-
lar uchun darvoza vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: