424
tsiya qiladi. Orqa miyaning har bir segmenti tanani uchta me-
tamerini: o‘zini xususiy, bitta yuqorigi va bitta pastkisini inner-
vatsiya qilishi aniqlangan.
Shunday qilib, har bir metamer uch-
ta ildizdan sezuvchi tolalar oladi. Skelet mu shaklari ham orqa
miya ning uchta qo‘shni segmentidan harakatlantiruv chi inner-
vatsiya oladi.
Har bir orqa miya refleksi o‘zining
retseptiv maydoni va ozi-
ning joylashgan joyi, o‘zining darajasiga ega. Masalan: tizza ref-
leksi markazi II– IV bel segmentlarida, axill refleksi –
V bel va
I–II dumg‘a za, qorin mu shaklari markazi – VIII–XII ko‘krak
seg mentlari sohasida joylashgan. Hayot uchun ahamiyatli bo‘lgan
dia fragmani harakatlantiruvchi markaz III–IV bo‘yin segmentla-
ri sohasida joylash gan. Bu markazni shikastlanishi nafas to‘xtashi
natijasida o‘limga olib keladi.
Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik faoliyati orqa miyaning oq
moddasida o‘tadigan yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi
yo‘llar hisobiga bajariladi. Orqa miyaning uzun yuqoriga ko‘tari-
luvchi va pastga tu shuvchi yo‘llari periferiyani
bosh miya bilan ik-
ki tomonla ma aloqasini ta’minlaydi. Tashqi va organizmning ich-
ki o‘zgarishi ha qidagi afferent impulslar orqa miyaning o‘tkazuv
yo‘llari orqali bosh miyaga o‘tadi. Past ga tushuvchi yo‘llar orqali
bosh miyadan impuls lar orqa miyaning effektor neyroniga o‘tka-
ziladi. Qisqa yo‘llar orqa miyani alohida segmentlarini bir-biri bi-
lan bog‘laydi.
Skelet mushaklarini harakatlantiruvchi
markazlaridan tash-
qari, orqa miyada qator simpatik va parasimpatik avtonom mar-
kazlar ham bor. Orqa miyaning yon shoxlarida VIII bo‘yin seg-
mentidan to III bel segmentigacha simpatik nerv tizimining
markazi joylashgan. Bu markaz yurak-qon tomirlar,
ter bezla-
ri va barcha ichki a’zolarni innervatsiya qiladi. Yuqorigi ko‘krak
sementlarida qorachiqni kengaytiruvchi simpatik markaz, yuqo-
rigi beshta ko‘krak segmentlarida – yurak ning simpatik marka-
zi joylashgan.
Orqa miyaning dumg‘aza qismida kichik chanoq a’zolari-
ni innervatsiya qiluvchi parasimpatik markazlar (siydik chiqarish,
defeka tsiya, ereksiya va eyakulyatsiya) joylashgan.