423
gichka subdural bo‘shliq bilan ajrab turadi. Yuqori tomonda bu
bo‘shliq kalladagi shu nomli bo‘shliq bilan qo‘shilsa,
past tomon-
da II dum g‘aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi.
Orqa miyaning to‘r pardasi yupqa plastinka ko‘rinishiga ega.
To‘r parda qattiq pardaning ichida joylashib, u bilan umurtqala-
raro teshik sohasida birikadi. To‘r
parda ichida orqa miya, orqa
miya ildizlari, otning dumi va orqa miya suyuqligini saqlab turuv-
chi qopni hosil qiladi. To‘r
parda yupqa, ammo pishiq. Uning
asosini retikulyar biriktiruv chi to‘qima hosil qiladi,
qon tomirlari
yo‘q. To‘r parda ostida joylash gan yum shoq pardadan to‘r parda
osti bo‘shlig‘i
bilan ajrab turadi. Bu bo‘shliqda orqa miya suyuq-
ligi joylashadi. Yuqo rida bu bo‘shliq
bosh miyaning shu nomdagi
bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Pastga tomon to‘r parda osti bo‘shlig‘i
kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o‘rab turadi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi orqa miyaga yopishib turadi.
U kollvagen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning suba-
raxnoidal bo‘shlig‘i orqa miyani o‘ng va chap tomondan ushlab
turuvchi yumshoq parda qatlamlaridan hosil bo‘lgan tishsimon
boylam vositasida oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi.
Bu qat-
lamlar bir tomondan orqa miyaning yon yuzasiga oldingi va orqa
ildizlar o‘rtasiga biriksa, ikkinchi tomonda to‘r pardaga, so‘ngra
u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa miyani o‘rta holat-
da ushlab turadi. Bu boylam bosh lanishida yaxlit bo‘lib, so‘ng
20–30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning
yuqori tishi katta
teshik sohasida, pastkisi esa XII ko‘krak va I bel nervlarining il-
dizlari sohasida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: