Anatomiya 2014. indd


-rasm. Miyacha. Ust tomondan ko‘rinishi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə364/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

187-rasm. Miyacha. Ust tomondan ko‘rinishi:
1–miyachaning chuvalchangi; 2–miyacha tirqishlari; 
3–miyacha yarimsharlari; 4–miyacha yaproqlari.
Pastki yuza o‘rtasida miyachaning kichkina chuqurchasi bo‘lib, 
unga uzunchoq miyaning orqa yuzasi tegib turadi. Miyachada ik-
kita yarimshar va ular o‘rtasidagi toq miyacha chuvalchangi tafo-
vut qilinadi.
Chuvalchang miyachaning tanasi deb ataladi. Yarimsharlar va 
chuvalchangning ustki va pastki yuzalari ko‘plab miyacha tirqish-
lari vositasida uzun va ingichka miyacha yaproqlariga (pushtalari) 
ajragan. Chuqur egatlar bilan ajragan yaproqlar yig‘indisi miyacha 
bo‘lakchasini hosil qiladi.
Bo‘laklardan alohidasi parcha miyacha o‘rta oyoqchasini ven-
tral qismida yotadi (188-rasm). Parcha o‘z oyoqchasi yordami-
da miyacha chuvalchangi va tuguncha
 
bilan qo‘shiladi. Miyacha 
miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalari vositasida 
birikadi. Miyacha oyoqchalari o‘tkazuv yo‘llar tolalaridan iborat. 
Miyachaning pastki oyoqchasi pastga tomon yo‘nalib, miyacha-
ni uzunchoq miya bilan qo‘shadi. Uning tarkibida orqa miya va 
miyacha orasidagi orqa yo‘l tolalari joylashadi.
Miyachaning o‘rta oyoqchasi
 
juda qalin bo‘lib, ko‘prikka o‘tib 
ke tadi. Uning tarkibida ko‘prik-miyacha yo‘li tolalari joylashadi.
Miyachaning ustki oyoqchasi uni o‘rta miya bilan qo‘shib tu-
radi. Uning tarkibida orqa miya va miyacha orasidagi oldingi yo‘l 
tolalari joylashadi.
Miyachani kesmasida oq va kulrang modda tafovut qilinadi 
(189-rasm). Uning kulrang moddasi tashqi tomonida po‘stloq ni 
hosil qilsa, oq moddaning ichida to‘rt juft miyacha o‘zaklarini ho-
sil qiladi. Miyacha po‘stlog‘i ancha sodda tuzilgan bo‘lib, uch qavat 
188-rasm. Miyachaning old tomondan ko‘rinishi:
1–miyachaning ustki oyoqchasi; 2–miyachaning o‘rta 
oyoqchasi; 3– muyachaning pastki oyoqchasi; 4–par-
cha; 5–miyacha murtagi; 6–miyacha tirqishi; 7–miya-
chaning ko‘ndalang tirqishi; 8–miyacha chuvalchangi; 
9–parchaning oyoqchasi; 10–IV qorincha.


432
nerv hujayralaridan iborat. Miyacha o‘zakla-
ridan biri chodir o‘zagi chuvalchang ning oq 
moddasida joylashgan. U tana mushaklari 
faoliyatini bosh qaradi. Undan tashqariroq-
da joylashgan sharsimon o‘zak, po‘kaksi-
mon o‘zak va chuvalchang bo‘yin hamda ta-
na mushaklari faoliyatini boshqaradi.
Miyacha yarimsharlarining o‘rtasida joy-
lashgan tishsimon o‘zak va miyacha yarim-
sharlari po‘stlog‘i qo‘l hamda oyoq mushakla-
ri fao liyatini boshqaradi.
Fiziologiyasi.
Miyacha ayrim mushaklar-
ning murakkab faoliyatini muvofiqlashtirib 
turuvchi markaz hisoblanadi. U mushaklar fao liyatini bog‘laydi va 
tana muvozanatini ta’minlaydi. Miyacha harakatni tekis, aniq va 
bir-biriga mos bo‘lishini boshqarishda ish tirok etadi. Bundan tash-
qari, unda vegetativ nerv tizimi markazlari (qon tomirlar harakati 
ref leksi, teri trofikasi, yaralarni bitish tezligi) joylashgan. Miya-
cha shikastlanganida odam muvozanatni yo‘qotadi, ataksiy ku-
zatiladi, harakat muvofiqlashmagan, tekis bo‘lmaydi. L.A.Orbeli 
ta’biricha, miyacha skelet mushaklarini va ichki a’zolar faoliyatini 
bosh qarishda bosh miya po‘stlog‘ni yordamchisidir.
Rombsimon miya siqig‘i taroqqiyot jarayonida ortqi miya bi-
lan o‘rta miya o‘rtasidagi chegarani hosil qiladi. Undan miyacha-
ning ust ki oyoqchalari va ular o‘rtasida joylashgan miyaning ust-
ki chodiri rivojlanadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin