Fiziologiyasi.
Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik fa-
oliyatini bajaradi. Bosh miya nervlarining sezuvchi ildizlari orqali
u bosh terisi, ko‘z, burun, og‘iz shilliq pardasi, eshituv va muvoza-
nat a’zosi retseptorlari, ovqat hazm qilish va nafas a’zolari, shuning-
dek, yurak-qon tomir lar tizimi retseptorlaridan kelayotgan impuls-
larni qabul qiladi.
Uzunchoq miya orqali quyidagi reflekslar sodir bo‘ladi: 1) hi-
moya: yo‘tal, aksa urish, ko‘zni uchishi, ko‘zni yoshlanishi, qu-
sish; 2) ovqatlanish: emish, yutish, hazm bezlarining shira ajratishi;
3) yurak va qon tomirlar faoliyatini boshqaruvchi; 4) uzunchoq
miyada o‘pka ventilyatsiyasini ta’minlovchi nafas markazi joylash-
gan; 5) uzunchoq miyada vestibulyar o‘zaklar joylashgan.
Uzunchoq miyada hayot uchun ahamiyatga ega nafas va yurak-
430
qon tomirlar markazlari joylashgan bo‘lib, uning shikastlanishi o‘lim
bilan tugaydi.
Uzunchoq miyani o‘tkazuvchanlik faoliyati undan o‘tuvchi bosh
miya po‘stlog‘i, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va orqa miyani
ikki tomonlama bog‘lovchi o‘tkazuv yo‘llari orqali bajariladi.
Ortqi miya
Ortqi miya to‘rtinchi miya pufagidan taroqqiy etadi. Uni ven-
tral qismidan ko‘prik, dorsal qismidan esa miyacha hosil bo‘ladi.
Ortqi miyaning qoldiq bo‘shlig‘i, uzunchoq miya bilan birgalikda
IV qorinchani hosil qiladi.
Ko‘prik
(pons) odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘nda-
lang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa
uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko‘prik
o‘rtasida so‘g‘on-ko‘prik egati yotadi. Yon tomonga ko‘prik to-
rayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga o‘tib ketadi. Ko‘prikning
tashqi chegarasini uch shoxli va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi
chiziq hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo‘nal-
gan tolalardan iborat bo‘lib, o‘rtasida asosidagi egat joylashgan.
Uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ish tirok
etadi. Ko‘prikning ko‘nda lang kesmasi markazida ko‘ndalang to-
lalar to‘plami – trapetsiyasimon tana joylashgan. Trapetsiyasi-
mon tana ko‘prikni orqa yoki yop qich qismi va oldingi yoki asos
qismga ajratadi. Ko‘prikning oldingi qismi bo‘ylama, ko‘ndalang
tolalar va ular o‘rtasida joylashgan ko‘prikning xususiy o‘zakla-
ridan iborat. Bo‘ylama tolalar po‘stloq va orqa miya orasidagi,
po‘stloq va o‘zaklar orasidagi tolalar, shuningdek, po‘stloq va
ko‘prik orasidagi tolalaridan iborat. Po‘stloq va ko‘prik orasidagi
tolalar ko‘prikning xususiy o‘zaklarida tugaydi, ulardan boshlan-
gan tolalar ko‘ndalang tolalarni hosil qilib, miyachaning o‘rta
oyoqchasi tarkibida miyacha po‘stlog‘iga boradi.
Ko‘prikning orqa qismida ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar o‘rtasi-
da to‘rt (V, VI, VII, VIII) juft bosh miya nervlarining o‘zaklari va
to‘r formatsiya joylashgan.
Miyacha
(cerebellum) ko‘prik va uzunchoq miya yuqori qis-
mining orqa tomonida, orqa kalla chuqurchasida yotadi. Yuqo-
ri tomondan bosh miyaning ko‘ndalang yorig‘i miyachani yarim-
sharlarning ensa bo‘lagidan ajratib turadi (187-rasm). Miyacha-
431
da ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular
o‘zaro chuqur gorizontal yoriq bilan ajrab tu-
radi.
Dostları ilə paylaş: |