433
chaning ustki oyoqchalari va ular o‘rtasida tortilgan miyaning ust-
ki chodiri hosil qiladi. To‘rtinchi qorinchaning orqa devorini esa
miyaning pastki chodiri hosil qiladi. Unga ichki tomondan IV qo-
rinchaning tomirli asosi tegib turadi. Tomirli asos IV qorincha-
ning tomirli to‘rini hosil qiladi.
Rombsimon chuqurchaning yuqori tomonlarini miyacha-
ning ust ki oyoqhalari, pastki tomonlarini esa miyachaning past-
ki oyoq chalari hosil qiladi. Uning pastki burchagida joylashgan
toq o‘rtalikdagi teshik orqa miyaning markaziy kanaliga qo‘shib
turadi. Yuqo ri burchagidagi teshik orqali miya suv yo‘li vosita-
sida III qorinchaga qo‘shiladi. Rombsimon chuqurchaning yon
burchaklari lateral cho‘ntaklar hosil qiladi. Undagi juft lateral
teshik esa bosh miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘iga qo‘shib tura-
di. Rombsimon chuqurchaning o‘rtasida ustki burchakdan past ki
burchakkacha o‘rta egat joylashadi, uning yon tomonlarida juft
medial tepacha joylashib, tash qi tomonidan chegaralovchi egat
bilan ajrab turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida
medial tepalik torayib, til osti nervining uchburchagiga o‘tib ke-
tadi. Undan chetroqda adashgan nerv ning uchburchagi joylash-
gan. Medial tepachaning yuqori ko‘prik qismida yuz nervi tepa-
ligi bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida
dahliz-chig‘anoq nervi o‘zaklari yotadigan dahliz maydoni joy-
lashgan. Dahliz maydonidan o‘rta egatga qarab yo‘nalgan IV qo-
rinchaning miya ipchalari rombsimon chuqurchani ustki va past-
ki chuqurchalarga ajratadi.
Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o‘zak lari
(190-rasm) joylashadi.
Dostları ilə paylaş: