484
chiqadi va katta dumba mushagi ostida yotadi. Sonda o‘tirg‘ich
nervi sonning ikki boshli mu shagi bilan yarimpay mushak o‘rtasi-
dagi egatda past ga yo‘naladi. Sonning past ki qismida (ba’zi hol-
larda yuqori qismida) o‘tirg‘ich nervi ikki tarmoq qa: medial to-
monda joylashgan kattaroq katta boldir nervi va lateral tomon-
dagi ingichkaroq umumiy kichik boldir nerviga bo‘linadi. Sonda
o‘tirg‘ich nervi ichki yopqich, egizak, sonning kvadrat, yarim pay,
yarimparda, sonning ikki boshli mushagi
uzun boshini va katta
yaqin lashtiruvchi mushakning orqa qismini innervatsiya qiladi.
Katta boldir nervi o‘tirg‘ich nervning bevosita davomi bo‘lib
(206-rasm), taqim osti chuqurchasini o‘rtasida fassiya ostida yota-
di. Taqim osti chuqurchasining pastki burchagida boldir musha-
gini lateral va medial boshi o‘rtasidan o‘tib, boldir-taqim osti ka-
nalida pastga tomon yo‘naladi. Kanalga kirgunicha undan boldir
terisining medial nervi chiqadi. Kanaldan chiqqach, medial to‘piq
orqasida oyoq kaftining lateral va medial nervlariga bo‘linadi.
Katta boldir nervi kanaldan o‘tayotganida boldirning orqa guruh
mushaklarini innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftinig medial nervi oz nomidagi egatida shu nomli ar-
teriya bilan yo‘nalib, oyoq kafti
mushaklaridan oyoq bosh bar-
mog‘ini uzoq lashtiruvchi va bukuvchi kalta mushakni, barmoqlar-
ni bukuvchi kalta, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mu-
shaklarni, shuning
dek, I–IV barmoqlarning bir-biriga qaragan
yuzalari terisini innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftining lateral nervi
lateral oyoq kafti egatida o‘z no-
midagi arteriya bilan yotadi va IV kaft suyagi oralig‘ining prok-
simal uchida u chuqur va yuza tarmoqlarga bo‘linadi.
Yuza tar-
mog‘i V barmoq kaft tomoni lateral yuzasi terisini va IV–V bar-
moqlari terisini bir-biriga qaragan yuzasini innervatsiya qiladi
Chuqur tarmog‘i suyaklararo mushaklarni, 3 va 4 chuvalchang-
simon mushakni, oyoq bosh barmog‘ini yaqinlashtiruv chi mu-
shakni, oyoq bosh barmog‘ini bukuvchi kalta mushakning late-
ral boshini, oyoq kaftining kvadrat mushagi va jimjiloq barmoqni
uzoq lashtiruvchi mushakni innervatsiya qiladi.
Umumiy kichik boldir nervi o‘tirg‘ich nervidan ajragandan
ke yin, lateral tomonga yo‘nalib, kichik
boldir suyagi boshchasini
aylanib o‘tadi. U uzun kichik boldir mushagi ichida yuza va chu-
qur kichik boldir nerviga bo‘linadi. Bo‘linishidan oldin taqim osti
chuqurchasida umumiy kichik boldir nervidan boldirning lateral
485
tomoni terisini innervatsiya qiluv chi boldirning lateral teri nervi
chiqadi. Bundan tashqari umumiy kichik boldir nervi sonda son-
ning ikki boshli mushagini kalta boshini va tizza bo‘g‘imi xalta-
sini innervatsiya qiladi.
Yuza kichik boldir nervi pastga yo‘nalib mushak-kichik bol-
dir kanalida yotadi. Kanaldan o‘tayotganida
u uzun va kalta-ki-
chik boldir mu shaklariga tarmoqlar beradi. Boldirning pastki qis-
mida nerv kanaldan chiqib fassiyani teshib o‘tadi va oyoq kafti
ustki yuzasi terisini I–II barmoqlarni bir-biriga qaragan yuzasi-
dan tash qari qismini innervatsiya qiladi.
Chuqur kichik boldir nervi suyaklararo pardaning oldingi yu-
zasi bo‘y lab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti
ustiga chiqadi va I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuza-
si terisini,
shuningdek, oldingi katta boldir, barmoqlarni yozuv-
chi uzun, oyoq bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak, barmoq-
larni yozuvchi kalta va oyoq bosh barmog‘ni yozuvchi kalta mu-
shaklarni hamda boldir-oyoq panja bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya
qiladi.
Dostları ilə paylaş: