94
bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofi-
da bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida
ichkariga va tashqari-
ga burish
mumkin.
Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi
bilak suyagi boshchasining
bo‘g‘im gir aylanasi bilan tirsak suyagining bilak kemtigi o‘rtasi-
da hosil bo‘ladi. U shakl jihatidan silindrsimon bo‘g‘imlar guru-
higa kiradi.
Tirsak bo‘g‘imining
xaltasi umumiy, keng va erkin bo‘ladi. U
yelka suyagining do‘ng usti do‘mboqchalarini tashqarida qoldirib
o‘rasa, bilak suyagini boshchasi va tirsak suyagini tirsak o‘simtasi
qirrasidan o‘raydi. Bo‘g‘im xaltasi tashqi tomondan uchta: tirsak
suyagi
tomondagi kollateral, bilak suyagi tomondagi kollateral va
bilak suyagining halqasimon boylamlari bilan mustahkamlanadi.
Tirsak bo‘g‘imida asosiy harakat frontal o‘q atrofida bo‘lib, bi-
lakni bukish va yozishda yelka-tirsak hamda yelka-bilak bo‘g‘imla-
ri ishtirok etadi. Bilak suyagining bo‘ylama o‘qi proksimal bilak-
tirsak bo‘g‘imida bilakni ichkariga va
tashqariga burishda ishti-
rok etadi.
Bilak suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli birlashmalar hosil
qilib birlashadi (46-rasm).
Uzluksiz birlashma bilak va tirsak su yak larining suyaklararo
qirralari o‘rtasida tortilgan suyaklararo pardadan iborat bo‘lib,
suyaklar diafizini birlashtirib turadi.
Bu pardaning ust ki va past-
ki qismlarida qon tomirlar o‘tadigan teshiklar bor.
Bilak suyaklari o‘rtasidagi uz
lukli birlashmalarga
proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imlari kiradi.
Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi tirsak bo‘g‘imi tar-
kibida joylashadi.
Dostları ilə paylaş: