93
yuqo ri qismiga yopishgan tumshuqsimon-yelka
boylami hisobiga
qalinlashgan bo‘ladi.
Yelka bo‘g‘imining xaltasi o‘z atrofida joylashgan mushaklar
payi tolasi hisobiga qalinlashadi.
Yelka bo‘g‘imining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bo‘g‘im
xaltasining ichida yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi
o‘tadi. Bu bo‘g‘imni mustahkamlashda
uning atrofida joylash-
gan yelka kamari mushaklari ishtirok etadi. Yelka bo‘g‘imi shakl
jihatidan sharsimon bo‘g‘im turkumiga kiradi. Uning boylamla-
ri kam va bo‘g‘im xaltasi keng bo‘lgani uchun harakati erkin
bo‘lib, uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Sagittal o‘q atrofida qo‘lni
tanaga yaqinlashtirish
va uzoq lashtirish; frontal o‘q atrofida bu-
kish va yozish; vertikal o‘q atrofida yelkani bilak va panja bilan
birgalikda
ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, aylanma
harakat qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: