Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tizza qopqog‘i
(patella)
 
sonning to‘rt boshli mushagi payining 
ichida joylashgan eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog‘ining 
asosi yuqo riga, cho‘qqisi pastga qaragan. Uning orqa bo‘g‘im yuza-
si son suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Oldingi g‘adir-
budir yuzasi teri ostida seziladi.
Boldir suyaklari ikkita uzun naysimon: medial to-
monda joylash gan katta boldir va lateral tomondagi ki-
chik boldir suyaklaridan tash kil topgan.
 
Katta boldir suyagining
(tibia,
 
51-rasm) tanasi va 
ikki uchi tafovut qilinadi. Uning yuqori (proksimal) 
uchi kengaygan bo‘lib, medial va lateral do‘nglik 
51-rasm. O‘ng katta va kichik boldir suyaklari:
1–do‘nglararo tepalik; 2–katta boldir suyagining medial 
do‘ngligi; 3–katta boldir suyagining g‘adir-buduri;
4–katta boldir suyagi; 5–oldingi qirra; 6–medial to‘piq; 
7–pastki bo‘g‘im yuzasi; 8–lateral to‘piq; 9–suyaklararo
qirra; 10–kichik boldir suyagi; 11–kichik boldir suyagining 
boshchasi; 12–kichik boldir suyagi boshchasining uchi;
13–katta boldir suyagining lateral do‘ngligi.


102
bor. Bu do‘ngliklarning ustki tomonida son suyagini pastki uchi 
bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi botiqroq yuqorigi bo‘g‘im yuzasi joy-
lashgan. Katta boldir suyagining do‘ngliklarining bo‘g‘im yuza-
si o‘zaro do‘nglararo tepalik bilan ajralgan. Bu tepalik do‘nglar 
orasidagi medial va lateral do‘mboq chalarga bo‘linadi. Do‘ngla-
raro tepalikning oldida do‘nglar orasidagi oldingi maydon,
 
orqa-
sida esa do‘nglar orasidagi orqa maydon bor. Tash qi do‘nglikning 
lateral tomonida biroz orqaroqda kichik boldir suyagi birlasha-
digan kichik boldir bo‘g‘im yuzasi joylashgan. Katta boldir suya-
gining tanasi uch qirrali. Oldingi qirrasi o‘tkir bo‘lib, teri ostida 
bilinib turadi. U yuqori tomonda kengayib, sonning to‘rt boshli 
mushagi birikadigan katta boldir suyagi g‘adir-budurini hosil qi-
ladi. Medial qirra biroz to‘mtoq. Lateral qirra kichik boldir suya-
giga qaragani uchun suyaklararo qirra deyiladi. Katta boldir suya-
gini uchta yuza si tafovut qilinadi. Medial yuzasi silliq, bevosita 
teri ostida joy lashgan. Lateral yuza va orqa yuzasi mushaklar bi-
lan qoplan gan. Orqa yuzasida lateral do‘nglikning orqa chekka-
sidan pastga va ichkariga qiya yo‘nalgan kambalasimon mushak 
chizig‘i o‘tib, un dan shu nomli mushak bosh lanadi. Bu chiziqdan 
pastroqda oziqlantiruvchi teshik bor.
Katta boldir suyagining pastki (distal) uchi kengaygan va to‘rt 
burchak shaklda. Katta boldir suyagi pastki uchini lateral tomoni-
da kichik boldir suyagi bilan birlashishi uchun kichik boldir kem-
tigi;
 
medial tomonida ichki to‘piq bo‘lib, uning orqasida orqa kat-
ta boldir mushagi payi o‘tadigan to‘piq egati bor. Medial to‘piqni 
tashqi tomonida medial to‘piq bo‘g‘im yuzasi joylashgan, u bur-
chak hosil qilib pastki bo‘g‘im yuzasiga o‘tadi. Bu yuzalar oshiq 
suyak bilan bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin