tafovut qilinadi. Oshiq
suyagining tanasi eng katta qismi. Uning yuqori qismida oshiq
suyagining g‘altagi
bo‘lib, uning uchta bo‘g‘im yuzasi ko‘rina-
di. Ustki yuzasi
katta boldir suyagining pastki bo‘g‘im yuzasi bi-
lan, ikkita yon tomonda joylashgan medial
ва
lateral to‘piq yuza-
lari shu nomdagi to‘piq bo‘g‘im yuzalari bilan bo‘g‘im hosil qi-
ladi. Lateral to‘piq yuza si medialiga nis batan katta bo‘lib oshiq
suyakning lateral o‘sig‘igacha
yetib boradi. G‘altakning orqasi-
dagi oshiq suyagining orqa o‘simtasini bosh barmoqni bukuvchi
uzun mushak payining egati medial va lateral g‘adir-budurlikka
bo‘ladi. Oshiq suyagining pastki yuzasida tovon suyagi bilan bir-
lashadigan uchta: oldingi, o‘rta va orqa tovon suyagining bo‘g‘im
yuzalari bor. O‘rta va orqa bo‘g‘im yuzasi o‘rtasidan oshiq suya-
gining egati o‘tadi. Oshiq suyak boshchasi oldinga va medial to-
monga yo‘nalgan, unda qayiqsimon suyak bilan birlashadigan
qayiqsimon bo‘g‘im yuzasi
bor.
Tovon suyagi (calcaneus)
oyoq panjasidagi eng katta suyak.
U oshiq suyakning ostida joylashgan. Tovon suyagining tana-
si orqa tomonda tovon suyagi bo‘rtig‘ini
hosil qiladi. Suyak ta-
nasining ustki yuzasida oshiq suyagi bo‘g‘im yuzalariga mos
3 ta: oldingi, o‘rta va orqa oshiq bo‘g‘im yuzalari bor. O‘rta va
orqa bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tovon suyagining egati bo‘lib,
oshiq suyagi egati bilan kaft oldi kavagini
hosil qiladi. Suyak-
104
ning medial yuzasida oshiq suyagining tayanchi bo‘lib, uning la-
teral yuza sida uzun kichik boldir mu shagi payining egati
o‘tadi.
Suyakning old uchida kubsimon suyak bilan birlashadigan kub-
simon bo‘g‘im yuzasi