18
Bezlarni hosil qiluv chi bez epiteliyi o‘zidan suyuqlik (gormonlar)
ajratish xususiyatiga ega bo‘lib, ular tashqi muhitga yoki qon va
lim faga quyiladi. Hujayralarning organizmni yashashi uchun ke-
rak bo‘lgan moddalarni ish lab chiqarish xususiyati sekretsiya deyi-
lib, bunday epiteliy sekretor epiteliy deyiladi.
Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashib,
uning ostida
yotgan bo‘sh biriktiruvchi to‘qimadan ajralib turadi. Taraqqiyo-
ti va vazifasiga qarab epiteliy turli tuzilishga ega bo‘ladi va yuqori
qayta tiklanish xususiyati bilan ajralib turadi.
Epiteliy ko‘p qavatli (shoxlanuchi, shoxlanmaydigan va o‘zga-
ruvchan) va bir qavatli (silindrik, kubsimon, yassi) bo‘ladi. Ko‘p
qavatli yassi shoxlanuvchi epiteliy teri ustini qoplaydi va epider mis
deyiladi.
Ko‘p qavatli yassi shoxlanmaydigan epiteliy (4-rasm) ko‘zning
shox
pardasini, og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachning shilliq parda-
sini qop laydi.
O‘zgaruvchan epiteliy siydik ayiruv a’zolarining shilliq par-
dasini qoplaydi. Bir qavatli silindrik epiteliy oshqozon va na-
fas yo‘llari shilliq pardasini qoplaydi. Bir qavatli kubsimon epite-
liy (5-rasm) buyrak naychalari va bezlarning chiqaruv naychalari-
ni qoplaydi. Bir qavatli
yassi epiteliy qorinparda, plera, pericardni
yuzasini qop laydi va mezoteliy deb ataladi.
U orqali qorinparda, plevra, perikard bo‘shliqlaridagi suyuqlik
bilan mezoteliy ostidagi biriktiruvchi to‘qimada joylashgan qon to-
mirlardagi qon o‘rtasida modda almashinuvi ro‘y beradi.
Bezlar
(6-rasm) organizmda su yuqlik
ishlab chiqarish vazifasi-
ni bajaradi.
Tashqi sekretsiya yoki ekzokrin bez-
lar va ichki sekretsiya yoki endokrin bez-
lar tafovut qilinadi. Ichki sekretsiya bez-
lari o‘z suyuq ligini bevosita qonga yoki
limfaga quyadi.
Tashqi sekretsiya bezlari
o‘zi ning ishlab chiqargan suyuq ligini tur-
li bo‘shliqlarga yoki tana yuzasiga chiqa-
radi. Ekzokrin bezlar qaysi a’zo va tizim-
Dostları ilə paylaş: