Anatomiya 2014. indd


prostata bezi  ichi dan o‘tib, uzunligi 3 sm. Uning orqa devorida  urug‘ tepachasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
prostata bezi 
ichi dan o‘tib, uzunligi 3 sm. Uning orqa devorida 
urug‘ tepachasi
 
joylashgan bo‘lib, unga urug‘ otuv-
chi naycha teshigi ochiladi. Urug‘ tepachasi atrofida 
esa prostata bezi chiqaruv naylarining teshiklari joy-
lashadi. Urug‘ tepachasining ustida joylashgan siydik 


290
chiqaruv nayining ichki sfinktori
 
qisqarganida siydik bilan urug‘ 
suyuqligini qo‘shilib ketishdan saq lab turadi.
3. Parda qismi
 
prostata bezi uchi bilan erlik olati so‘g‘oni o‘r-
tasida joylashgan bo‘lib, qisqa (1,5 sm) va tor qismi hisoblanadi. 
Siydik chiqarish nayining parda qismi siydik-tanosil to‘sig‘idan 
o‘tgan joyda siydik chiqaruv nayining tashqi sfinktorini hosil qi-
luvchi ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari bilan o‘ralgan.
4. To‘rlangan qismi
 
uzunligi 12 sm ga yaqin bo‘lib, erlik 
ola tining to‘rlangan tanasi ichida joylashgan. Erkaklarning siy-
dik chiqarish nayi erlik olati boshchasi qismida kengayib, siy-
dik chiqarish yo‘lining qayiqsimon chuqurchasini hosil qiladi. 
Erkaklarning siydik chiqarish nayi S simon bukilgan bo‘lib uch 
joyda: ichki teshik sohasida, siydik-tanosil to‘siqdan o‘tgan yer-
da va tashqi teshigi sohasida toraygan bo‘ladi. Siydik chiqarish 
nayining ichki yuzasida shilliq qavat
 
bo‘lib, unda siydik chiqarish 
nayining bezlari bor. Uning ostida bo‘ylama mushak tolalaridan 
tash kil topgan mushakli qavat joylashadi.
Ayollarning jinsiy a’zolari
Ayollarning jinsiy a’zolari ikki guruhga bo‘linadi. Ichki jinsiy 
a’zolarga kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan tuxumdon, bacha-
don, bachadon nayi va qin kiradi. Tashqi jinsiy a’zolar ayollarning 
jinsiy a’zolari sohasini tashkil qiluvchi qov do‘ngi, katta va kichik 
jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor kiradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin