Bachadon nayi (tuba uterina, salpinx)
(141-, 142-rasm) tuxum
hujayrani qorinparda bo‘shlig‘idan bachadonga o‘tkazib beruvchi
juft, naysimon a’zo. Bachadon nayi kichik chanoq bo‘shlig‘ida
bachadonning keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan.
Uning uzunligi 10–12 sm, bo‘shlig‘ining kengligi 2–4 mm. Ba-
chadon nayining bir uchi bachadon nayining bachadonga ochil-
gan teshigi
bilan bachadon bo‘shlig‘iga ochilsa, ikkinchisi ba-
chadon nayining qorin bo‘shlig‘iga ochilgan teshigi bilan qorin
bo‘shlig‘iga ochiladi. Unda to‘rt qism tafovut qilinadi. Nayning
bachadon devoridagi qismi
bachadon devori ichida joylashgan.
Nayning bo‘g‘zi
eng tor va devori qalin qismi. Bachadon nayining
kengaymasi eng uzun qismi bo‘lib, diametri asta-sekin kengayib
borib, bachadon nayining quyg‘ichiga
o‘tadi. Uning chekkalari
uzun va qisqa nay shokilalari bilan tugaydi. Shokilalarning bittasi
nisbatan uzun bo‘lib, tuxumdonga yetib boradi va unga birikib ke-
tadi. U tuxumdon shokilasi
deb ataladi. Bachadon nayi shokilalari
141-rasm. Ayollarning jinsiy a’zolari. O‘rta sagittal kesma. O‘ng tomoni: 1–siydik nayi; 2–ko‘tarilgan joy; 3–qovuq-bachadon chuqurchasi; 4–to‘g‘ri
ichak-bachadon chuqurchasi; 5–bachadon bo‘yni; 6–qin gumbazining orqa
qismi; 7–qin gumbazining oldingi qismi; 8–to‘g‘ri ichak; 9–qin; 10–chiqish
teshigini ko‘taruvchi mushak; 11–orqa
peshov kanali; 12–orqa peshov; 13–orqa
teshikni qisuvchi tashqi mushak; 14–qin
teshigi; 15–ayollar siydik chiqarish nayi-
ning tashqi teshigi; 16–kichik jinsiy lab;
17–katta jinsiy lab; 18–klitor; 19–ayol-
lar siydik chiqarish nayi; 20–qov simfizi;
21–siydik qopi; 22–bachadon tubi;
23–bachadon tanasi; 24–tuxumdonning
xususiy boylami; 25–tuxumdon;
26–bachadon nayi; 27–tuxumdonni ushlab
turuvchi boylam.
293
tuxum hujayrani bachadon nayi quyg‘ichida gi bachadon nayining
qorin bo‘shlig‘iga ochilgan teshigiga yo‘naltirib beradi.
Bachadon nayining devori seroz parda, seroz osti asosi,
mushak li va shilliq qavatdan iborat.